Toshkentda qozog‘istonlik yosh futbolchilar shifoxonada — ommaviy zaharlanish gumon qilinmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi xalqaro futbol musobaqasiga kelgan qozog‘istonlik yosh futbolchilar va ularga hamrohlik qilgan kattalar shifoxonaga yotqizildi. Qozog‘iston TIV vaziyatni nazoratga olgan.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilayotgan "Dostlik Cup 2026" xalqaro futbol turnirida ishtirok etish uchun kelgan qozog‘istonlik yosh futbolchilar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 31-oktabr kuni mehmonxonada nonushta qilgan bolalar va kattalarda qorin og‘rig‘i hamda tana harorati ko‘tarilishi kabi alomatlar kuzatilgan.
Bir sutka davomida 15 nafar bola kasallangan. Ota-onalarning aytishicha, nonushta paytida tuxum yemagan bolalar kasallanmagan. Shu sababli ular bolalar ovqatdan zaharlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Biroq kasallanishning aniq sababi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
"Tengri Sport" esa Qarag‘andi viloyati sport boshqarmasiga tayanib, shifoxonaga yotqizilganlar soni 28 nafarga yetganini ma’lum qildi. Ular orasida 16 nafar yosh futbolchi, bir murabbiy va 11 nafar ota-ona bor.
Xabarga ko‘ra, bemorlar Toshkentdagi 5-sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ham holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy yordamga muhtoj Qozog‘iston fuqarolari O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Dostlik Cup 2026" xalqaro futbol musobaqasi 28-oktabrdan 2-noyabrgacha Toshkentda o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning xususiy futbol klublari ishtirok etmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Skoraya pomosh nesotsya na vizov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Xorazmda ona va uch farzandining zaharlanib o‘lishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yangiliklar lentasi
0