Futbol bo‘yicha Osiyo kubogini o‘tkazish muddati ko‘chirildi — sabab

© AFCKubok Azii po futbolu perenesli na kones 2027 – nachalo 2028 goda
Kubok Azii po futbolu perenesli na kones 2027 – nachalo 2028 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2026
Obuna bo‘lish
OFK Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo kubogini qariyb bir yilga kechiktirdi. Bunga Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Futbol bo‘yicha 2027-yilgi Osiyo kubogi 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargacha bo‘lgan muddatga ko‘chirildi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ma’lum qildi.
Dastlab musobaqa 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi belgilangan edi.
OFK ma’lumotiga ko‘ra, qaror Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi, logistikadagi murakkabliklar va transport qatnovlaridagi uzilishlar tufayli qabul qilindi.
So‘nggi haftalarda Saudiya Arabistoniga bir qator hujumlar uyushtirildi. Jumladan, oktabr oyida Ar-Riyod xalqaro aeroportiga berilgan zarba oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Hujum uchun mas’uliyatni yamanlik husiylar o‘z zimmasiga olgan.
Musobaqa tashkilotchilarining ta’kidlashicha, qaror futbolchilar, rasmiy shaxslar va muxlislar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Yangi sanalar tasdiqlash uchun FIFAga taqdim etiladi.
Osiyo kubogida 24 ta milliy terma jamoa, jumladan, O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston "B" guruhida Iordaniya, Bahrayn va KXDR bilan kuch sinashadi.
Musobaqa Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Turnirning kechiktirilishi O‘zbekiston terma jamoasining avval e’lon qilingan yanvar oyidagi o‘yinlari taqvimini ham o‘zgartiradi. Yangi uchrashuv sanalarini OFK alohida ma’lum qilishi kutilmoqda.
Press-konferensiya s uchastiyem Ravshana Irmatova i Fabio Kannavaro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Kannavaro va Irmatov matbuot anjumanida JChga tayyorgarlik hamda Osiyo kubogi haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0