Kannavaro va Irmatov matbuot anjumanida JChga tayyorgarlik hamda Osiyo kubogi haqida gapirdi

© Press-slujba NOKPress-konferensiya s uchastiyem Ravshana Irmatova i Fabio Kannavaro
Press-konferensiya s uchastiyem Ravshana Irmatova i Fabio Kannavaro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Obuna bo‘lish
Fabio Kannavaro va Ravshan Irmatov ishtirokidagi matbuot anjumanida O‘zbekiston termasining JChga tayyorgarligi, o‘rtoqlik o‘yinlari va Osiyo kubogidagi maqsadlar muhokama qilindi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Milliy futbol markazida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida jahon chempionati oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kannavaroning aytishicha, jamoa jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Jahon chempionatiga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rapmiz va juda qattiq ishlayapmiz. Barchamiz mundialga uchib ketishni intiqlik bilan kutapmiz”, — dedi u.
Italiyalik mutaxassis murabbiylar shtabi bilan birga barcha futbolchilarning o‘yinini kuzatib borganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, termaga chaqirilmagan futbolchilar hali o‘z o‘yini bilan murabbiyni yetarlicha ishontira olmagan.
“Hozir jamoaning jismoniy holatini yaxshilash ustida ishlayapmiz”, — dedi Kannavaro.
Bosh murabbiy o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun imkon qadar kuchli raqiblar tanlanganini ham qayd etdi. Xususan, Niderlandiya Yevropaning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekani, uning o‘yin uslubi va taktik yondashuvi ma’lum jihatlari bilan Portugaliyaga o‘xshashi aytildi.
Kannavaro ayrim futbolchilarning holatiga ham to‘xtaldi. U Jaloliddin Masharipov katta tajribaga ega ekani va optimal sport formasiga chiqsa, jahon chempionatida jamoaga katta foyda keltirishi mumkinligini bildirdi.
Shuningdek, murabbiy Abbos Fayzullayevning gol urgani, mehnatkashligi va jangovar xarakteri bilan ajralib turishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Abduqodir Husanov va Eldor Shomurodov ham hozir yaxshi holatda.
Kannavaro O‘zbekiston termasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishini eslatib, futbolchilarga ortiqcha bosim emas, aksincha o‘yindan zavq olish ruhini berish muhimligini aytdi.
“Eng muhimi — bu biz uchun ilk jahon chempionati. Shuning uchun futbolchilarga ortiqcha bosim emas, aksincha, o‘yindan zavq olish ruhini berishimiz kerak”, — dedi u.
Italiyalik mutaxassis Osiyo kubogidagi maqsadlar haqida ham gapirdi. Uning ta’kidlashicha, yanvarda bo‘lib o‘tadigan turnirdagi guruh kuchli raqiblardan iborat bo‘ladi va har bir o‘yin jiddiy sinovga aylanadi.

“Mening asosiy maqsadlarimdan biri — Osiyo kubogini yutish. Biz bu maqsad yo‘lida bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Jahon chempionati biz uchun tajriba maydoni bo‘lsa, Osiyo kubogida natija uchun kurashamiz”, — dedi Kannavaro.

Anjuman davomida Ravshan Irmatov ham terma jamoaning mundialgacha bo‘lgan tayyorgarlik rejasi haqida ma’lumot berdi.
Kannavaro: sostavlen obshirniy spisok iz 55 igrokov na Chempionat mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Kannavaro: Jahon chempionatiga yakuniy tarkib hali aniq emas, ro‘yxatda 55 futbolchi bor
Yangiliklar lentasi
0