Saidov Pokiston TIV rahbari bilan ShHT sammiti va savdo masalalarini muhokama qildi

© MIVT UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Pakistana
Flagi Uzbekistana i Pakistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
Saidov va Ishoq Dor 2027-yilgi ShHT sammitiga tayyorgarlik hamda ikki davlatning tashkilotdagi raisligini muhokama qildi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dor telefon orqali muloqot qilib, 2027-yilgi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki mamlakatning 2026–2027 yillarda ShHT tuzilmalaridagi raisligiga alohida e’tibor qaratildi.
Pokiston hukumatining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Ishoq Dor O‘zbekistonni ShHT Hukumat rahbarlari kengashiga raislikni qabul qilib olgani bilan tabriklab, Islomobodning har tomonlama ko‘magini bildirdi.
Baxtiyor Saidov esa Pokistonning ShHT Davlat rahbarlari kengashidagi raisligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Vazirlar 2027-yilda o‘tkaziladigan ShHT Davlat rahbarlari sammitining sanasi, unga tayyorgarlik jarayoni va tashkilot tadbirlari taqvimini ko‘rib chiqdi.
Pokiston tomonining bildirishicha, Saidov ushbu mamlakatning mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.
O‘zbekiston TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, BMT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalar, mintaqaviy vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo hajmi qariyb 500 mln dollarga yetgan. Joriy yil fevral oyida ikki davlat rahbarlari o‘zaro tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasini belgilagan edi.

O‘sha muzokaralarda Transafg‘on temir yo‘li qurilishini jadallashtirish va Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston transport yo‘lagini rivojlantirish ham ustuvor vazifalar qatorida ko‘rsatilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Kazaxstan, Uzbekistan i OAE prorabotayut jeleznodorojniy marshrut Kazaxstan – Uzbekistan – Afganistan – Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAA Pokiston portlariga temir yo‘l quradi
Yangiliklar lentasi
0