O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAA Pokiston portlariga temir yo‘l quradi

© Foto : Press-slujba premyer-ministra Kazaxstana Kazaxstan, Uzbekistan i OAE prorabotayut jeleznodorojniy marshrut Kazaxstan – Uzbekistan – Afganistan – Pakistan
Kazaxstan, Uzbekistan i OAE prorabotayut jeleznodorojniy marshrut Kazaxstan – Uzbekistan – Afganistan – Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Obuna bo‘lish
Tegishli memorandum uch mamlakat vazirliklari tomonidan imzolandi.
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Pokiston dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi yangi Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston (CASA) temir yo‘l yo‘nalishi loyihasini birgalikda tayyorlashga kelishib oldi.
Tegishli o‘zaro anglashuv memorandumini O‘zbekiston va Qozog‘iston Transport vazirliklari hamda BAA Energetika va infratuzilma vazirligi vakillari imzoladi.
Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko‘ra, CASA loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro yuk tashuvlari, savdo, logistika va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Tomonlar yaqin orada texnik va iqtisodiy tadqiqotlar hamda tahliliy baholashlarni o‘tkazishi, zarur temiryo‘l infratuzilmasi va unga aloqador obyektlarni qurish maqsadga muvofiqligini o‘rganishi kerak.
Shu bilan birga, loyihaning texnik, iqtisodiy va moliyaviy jihatlarini atroflicha ishlab chiqish uchun maxsus ishchi guruh tuzish rejalashtirilmoqda.
Pervaya trexstoronnyaya vstrecha ministrov inostrannix del Uzbekistana, Afganistana i Pakistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘liga oid bitim imzoladi
Yangiliklar lentasi
0