Xorazmda ona va uch farzandining zaharlanib o‘lishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Baxrom XatamovSkoraya pomosh nesotsya na vizov
Skoraya pomosh nesotsya na vizov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
Obuna bo‘lish
Xorazmda ovqatdan zaharlanish oqibatida ona va uning uch farzandi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi — ona va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oila a’zolari 8-oktabr kuni avvalgi kuni o‘tkazilgan tug‘ilgan kun tadbiridan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan. Shundan so‘ng ularda zaharlanish alomatlari kuzatilgan.
9–10 oktabr kunlari ona va uning uch nafar farzandi vafot etgan.
Fuqarolarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruvga Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari jalb qilingan.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, holatda iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash yoki muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari mavjudligi sababli 10-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 276¹¹-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur modda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar, ishlar yoki xizmatlar odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi bilan bog‘liq javobgarlikni nazarda tutadi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Fojianing aniq sabablari va barcha holatlari sud-tibbiy ekspertizasi hamda tergov natijalari asosida aniqlanadi.
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
Buxoroda bir oila a’zolari noma’lum zaharlanishdan vafot etdi
Yangiliklar lentasi
0