https://oz.sputniknews.uz/20261102/staj-pensiya-uzbekistan-turkey-61673467.html
Turkiyada ishlagan o‘zbekistonliklarning staji pensiyada hisobga olinadi
Turkiyada ishlagan o‘zbekistonliklarning staji pensiyada hisobga olinadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida pensiya va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha bitim imzolandi. Hujjat kuchga kirgach, ikki davlatdagi ish stajini birlashtirish, pensiya huquqlarini himoya qilish va takroriy sug‘urtaning oldini olish imkoni yaratiladi.
2026-11-02T14:38+0500
2026-11-02T14:38+0500
2026-11-02T14:38+0500
migratsiya
migrantlar
pensiya
mehnat huquqi
shartnoma
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/03/36490547_0:216:3072:1944_1920x0_80_0_0_ccb9f5d8ef43194e2ad22469d13f847b.jpg
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya ikki mamlakatda ishlagan fuqarolarning mehnat stajini pensiya tayinlashda o‘zaro hisobga olish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi xabar berdi.Hujjat 29-oktabr kuni Anqarada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning uchrashuvi yakunida imzolangan.Ikki davlatdagi ish staji qanday hisobga olinadi?Turkiya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi bitim kuchga kirgach, ikki mamlakatda ishlagan fuqarolarning mehnat faoliyati davrlarini birlashtirib hisobga olish imkoniyati yaratiladi.Masalan, O‘zbekistonda bir necha yil, keyin Turkiyada rasmiy ishlagan fuqaroning mehnat faoliyati davrlari pensiya huquqini aniqlashda birgalikda inobatga olinishi mumkin.Bitim qachon kuchga kiradi?Hozircha kelishuvning kuchga kirish sanasi e’lon qilinmagan. Demak, hujjat imzolangani ikki mamlakatdagi ish stajini birlashtirib hisoblash tartibi allaqachon amal qila boshlaganini anglatmaydi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Turkiya pensiya ta’minoti bo‘yicha muzokaralarni mart oyi oxirida boshlagan. Iyun oyida esa tomonlar bitim va uni amalga oshirishga oid ma’muriy kelishuv loyihalarini to‘liq kelishib olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260129/uzbekistan-turkey-mehnat-migratsiya-bitim-55351908.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/03/36490547_670:178:3026:1945_1920x0_80_0_0_5fb91b261fc3e1bef70cd1697767df37.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, pensiya, mehnat huquqi, shartnoma, o‘zbekiston
migratsiya, migrantlar, pensiya, mehnat huquqi, shartnoma, o‘zbekiston
Turkiyada ishlagan o‘zbekistonliklarning staji pensiyada hisobga olinadi
O‘zbekiston va Turkiya pensiya tayinlashda ikki davlatda orttirilgan ish stajini o‘zaro hisobga olish bo‘yicha bitim imzoladi. Yangi tartib hujjat kuchga kirgach amal qiladi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya ikki mamlakatda ishlagan fuqarolarning mehnat stajini pensiya tayinlashda o‘zaro hisobga olish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi
xabar berdi.
Hujjat 29-oktabr kuni Anqarada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning uchrashuvi yakunida imzolangan.
Bitimni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Turkiya mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Vedat Ishikxan imzolagan.
Ikki davlatdagi ish staji qanday hisobga olinadi?
Turkiya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi bitim kuchga kirgach, ikki mamlakatda ishlagan fuqarolarning mehnat faoliyati davrlarini birlashtirib hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, hujjat fuqarolarning ijtimoiy ta’minot huquqlarini o‘zaro himoya qilish va ikki davlatda bir vaqtning o‘zida takroran ijtimoiy sug‘urtalanishning oldini olishni nazarda tutadi.
Masalan, O‘zbekistonda bir necha yil, keyin Turkiyada rasmiy ishlagan fuqaroning mehnat faoliyati davrlari pensiya huquqini aniqlashda birgalikda inobatga olinishi mumkin.
Bitim qachon kuchga kiradi?
Hozircha kelishuvning kuchga kirish sanasi e’lon qilinmagan. Demak, hujjat imzolangani ikki mamlakatdagi ish stajini birlashtirib hisoblash tartibi allaqachon amal qila boshlaganini anglatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Turkiya pensiya ta’minoti bo‘yicha muzokaralarni mart oyi oxirida boshlagan. Iyun oyida esa tomonlar bitim va uni amalga oshirishga oid ma’muriy kelishuv loyihalarini to‘liq kelishib olgan.