O‘zbekiston va Turkiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim imzolaydi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaFlagi Uzbekistana i Tursii
Flagi Uzbekistana i Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida qonuniy va himoyalangan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, Turkiyada legallashtirish va ishlash ruxsatnomasi masalalari yengillashtiriladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Turkiyaning Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Vedat Ishikxan o‘rtasida qonuniy va himoyalangan mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Agentstvo migratsiiUzbekistan i Tursiya podpishut soglashenie o trudovoy migratsii
Uzbekistan i Tursiya podpishut soglashenie o trudovoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
Uzbekistan i Tursiya podpishut soglashenie o trudovoy migratsii
Uchrashuv doirasida quyidagi masalalar bo‘yicha bitim imzolashga kelishib olindi:
Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni deportatsiyasiz legallashtirish amaliyotini davom ettirish;
Turkiyada kamida 3-yil doimiy yashab kelgan o‘zbekistonliklarga shu yil 1-martdan boshlab ilk bor ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma berish;
Mehnat vazirligi huzuridagi İŞKUR tashkiloti tomonidan talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha talabni markazlashtirib, Migratsiya agentligiga taqdim etish.
Stambul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2025
Turkiya turkiy davlatlar fuqarolari uchun ishlash tartibini yengillashtirdi
Yangiliklar lentasi
0