Rossiya gazini Ukraina orqali Yevropaga qaytarish: WSJ AQSh rejasining tafsilotlarini ochiqladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
AQSh Rossiya gazini Yevropaga amerikalik vositachi orqali sotish va tushumni maxsus hisobda saqlash rejasini taklif qilmoqda.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. "The Wall Street Journal" (WSJ) AQSh, Yevropa va Ukraina rasmiylariga tayanib, Rossiya gazini Ukraina orqali Yevropaga qaytarish bo‘yicha Vashington rejasining yangi tafsilotlarini ochiqladi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington gaz savdosini amerikalik vositachi orqali amalga oshirishni taklif qilmoqda. Bunday sxema Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tish va AQSh investorlari uchun daromad olish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Rossiya gazidan tushadigan pullar qayerga yo‘naltiriladi?
AQSh Rossiya gaz sotishdan oladigan pullarni uchinchi davlatdagi maxsus bank hisob raqamida saqlashni taklif qilgan.
Vashington ushbu tashabbus orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta maqsadga erishishni ko‘zlamoqda: Yevropada energiya narxlarini pasaytirish, Ukrainaga gaz tranzitidan daromad keltirish va Rossiyani energetika sohasidagi sulhga qiziqtirish.
"Shimoliy oqim" ham ishga tushirilishi mumkin
WSJ yozishicha, AQSh "Shimoliy oqim" gaz quvurlari faoliyatini tiklash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Vashington buni nafaqat Ukrainadagi mojaroni bartaraf etish, balki Rossiya va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan kengroq kelishuvning bir qismi sifatida baholamoqda.
Tashabbusga munosabat qanday?
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hozircha AQShning energetik sulhga erishish bo‘yicha urinishlarini qabul qilmagan.
Yevropa Ittifoqi ham Rossiya gazi importini tiklashga qarshi. YeIning amaldagi qoidalariga ko‘ra, Rossiyadan quvurlar orqali gaz import qilish 2027-yil kuzigacha bosqichma-bosqich to‘xtatilishi kerak.
Shu bilan birga, WSJ manbalarining bildirishicha, Yevropada energiya narxlarining yuqoriligi va gaz zaxiralarining nisbatan kamligi ayrim davlatlarni taklifni qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin.
Vashington mazkur tashabbusni noyabr oyi o‘rtalarida Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaralari oldidan muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Rossiya gazini Yevropa bozoriga qaytarish tashabbusi haqida 18-oktabrda "The New York Times" xabar bergan edi. O‘shanda Stiv Uitkoff va Jared Kushner ushbu masalani sentabrda Kiyevda muhokama qilgani ma’lum qilingan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi Ukraini i SShA. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQSh YeIga Ukrainadagi tinchlik uchun Rossiya gazini sotib olishni qayta boshlashni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0