https://oz.sputniknews.uz/20261018/nyt-aqsh-evropaga-61297325.html
AQSh YeIga Ukrainadagi tinchlik uchun Rossiya gazini sotib olishni qayta boshlashni taklif qildi
AQSh YeIga Ukrainadagi tinchlik uchun Rossiya gazini sotib olishni qayta boshlashni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Amerika prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ushbu tashabbusni sentabda Kiyevga tashrifi chog‘ida muhokama qilishgan. 18.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-18T16:23+0500
2026-10-18T16:23+0500
2026-10-18T16:23+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh
ukraina
yevropa ittifoqi
yevropa
rossiya
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/12/48941041_0:180:1921:1260_1920x0_80_0_0_1fc6298935e846865d78f6eff86e62a0.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yevropa davlatlari tomonidan Rossiya tabiiy gazini qayta sotib olishni Ukrainadagi mojaroni bartaraf etish rejasining qismlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda “The New York Times” (NYT) gazetasi manbalariga tayanib xabar berdi.Nashrga ko‘ra, Amerika prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ushbu tashabbusni Ukraina va Yevropa rasmiylari, shu jumladan, Vladimir Zelenskiy bilan sentabda Kiyevga tashrifi chog‘ida muhokama qilishgan. AQSh vakillari Ukrainaga ilgari Rossiya gazi Yevropaga yetkazib berilgan quvurlar faoliyatini qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Vashington bunday qadam Moskva uchun mojaroni tugatishga rozi bo‘lish uchun rag‘batlardan biri bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.Gazetaning yozishicha, yevropalik muzokarachilar taklifni salbiy qabul qilishdi. Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati vakillari Rossiya gazini eksport qilishni qayta tiklash tinchlik bitimining bir qismi bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi. Manbalarga ko‘ra, Amerika tomoni Ukrainaning yoqilg‘i tranzitidan oladigan ehtimoliy daromadlarini hamda Yevropa iste’molchilarining arzonroq energiya manbalariga qiziqishini sabab qilib ko‘rsatgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-oktabr kuni ta’kidlaganidek, Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlarni tinch yo‘l bilan imkon qadar tezroq to‘xtatishni istaydi. Shu bilan birga, Moskva muzokaralarga tayyor, ammo Kiyev rejimi tomonidan bunday istak sezilmayapti.
https://oz.sputniknews.uz/20261017/aqshda-rossiya-bilan-dizel-kelishuviga--xalaqit-bermoqchi-bolishdi-61265998.html
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/12/48941041_0:0:1919:1439_1920x0_80_0_0_57b7e852a1bb3f0a744e3116b7636917.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, aqsh, ukraina, yevropa ittifoqi, yevropa, rossiya, gaz
dunyoda, dunyo yangiliklari, aqsh, ukraina, yevropa ittifoqi, yevropa, rossiya, gaz
AQSh YeIga Ukrainadagi tinchlik uchun Rossiya gazini sotib olishni qayta boshlashni taklif qildi
Amerika prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ushbu tashabbusni sentabda Kiyevga tashrifi chog‘ida muhokama qilishgan.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yevropa davlatlari tomonidan Rossiya tabiiy gazini qayta sotib olishni Ukrainadagi mojaroni bartaraf etish rejasining qismlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda “
The New York Times” (NYT) gazetasi manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Amerika prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ushbu tashabbusni Ukraina va Yevropa rasmiylari, shu jumladan, Vladimir Zelenskiy bilan sentabda Kiyevga tashrifi chog‘ida muhokama qilishgan. AQSh vakillari Ukrainaga ilgari Rossiya gazi Yevropaga yetkazib berilgan quvurlar faoliyatini qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Vashington bunday qadam Moskva uchun mojaroni tugatishga rozi bo‘lish uchun rag‘batlardan biri bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.
Gazetaning yozishicha, yevropalik muzokarachilar taklifni salbiy qabul qilishdi. Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati vakillari Rossiya gazini eksport qilishni qayta tiklash tinchlik bitimining bir qismi bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi. Manbalarga ko‘ra, Amerika tomoni Ukrainaning yoqilg‘i tranzitidan oladigan ehtimoliy daromadlarini hamda Yevropa iste’molchilarining arzonroq energiya manbalariga qiziqishini sabab qilib ko‘rsatgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-oktabr kuni ta’kidlaganidek, Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlarni tinch yo‘l bilan imkon qadar tezroq to‘xtatishni istaydi. Shu bilan birga, Moskva muzokaralarga tayyor, ammo Kiyev rejimi tomonidan bunday istak sezilmayapti.