Prezident Germaniyada ishlash uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgiladi

© Sputnik / Igor ZaremboFlag Germanii
Flag Germanii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma kelgan, ammo 2 ming kishi ishga joylashgan.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yilda 10 ming kishini kasb va nemis tiliga o‘qitib, Germaniyada ishga joylashtirish belgilandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi mehnat migratsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, joriy yilning o‘zida Germaniyadan 45 ming nafar mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan.
Bunga asosiy sabab nemis tilini biladigan kadrlar yetishmasligi ekani qayd etildi. Shu bois kasbga o‘qitish bilan til tayyorgarligini birgalikda olib borish vazifasi qo‘yildi.
Kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazi ochiladi. Bu maqsadda har bir viloyatga 8 milliard so‘mdan ajratiladi.
Shuningdek, maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi kelasi o‘quv yilidan ikki baravar oshiriladi.
Prezident har bir viloyatdagi 2–3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini o‘rgatish tizimini joriy etish zarurligini ta’kidladi.
Hozir Germaniyaning Globogate kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming nafar hamshira tayyorlanmoqda.
Germaniyaning Telc kompaniyasi esa “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlashni boshlagan. Ular kelasi yil boshidan hududlardagi texnikumlarga jalb etiladi.
Bundan tashqari, Germaniya, Yaponiya va Koreyaning yirik kompaniyalari O‘zbekiston texnikumlarida o‘z ehtiyojlari uchun mutaxassislar tayyorlashga qiziqish bildirgan.
Shu munosabat bilan bir oy ichida 20 ta texnikum tanlanib, kelasi yildan ular xorijiy ish beruvchilar talabiga moslashtiriladi.
Shuningdek, har bir viloyatdagi 2–3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boshqaruviga 15-yilga berish, ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda.
“Yoshlarga ingliz tilini qanday o‘rgatayotgan bo‘lsak, nemis tili bo‘yicha ham shunday yondashuv kerak”, — dedi prezident.
Uzbekistan s 2027 goda izmenit sistemu podgotovki grajdan k rabote za rubejom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Kelasi yildan chet elga ishga jo‘natish xususiy agentliklarga to‘liq o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0