https://oz.sputniknews.uz/20261102/chet-el-ish-xususiy-agentlik-61674489.html
Kelasi yildan chet elga ishga jo‘natish xususiy agentliklarga to‘liq o‘tkaziladi
Kelasi yildan chet elga ishga jo‘natish xususiy agentliklarga to‘liq o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi tizimi yangilanmoqda. Xususiy bandlik agentliklari xorijga ishga joylashtirish bilan shug‘ullanadi, har bir yuqori daromadli ishga joylashtirilgan fuqaro uchun rag‘bat puli oladi.
2026-11-02T13:16+0500
2026-11-02T13:16+0500
2026-11-02T13:16+0500
migrantlar
migratsiya
migratsiya agentligi
ish
raqamli texnologiyalar
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/15/61362244_0:80:1536:944_1920x0_80_0_0_a4070f5a3b0f0cee428ff1f8e179c94c.png
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yildan fuqarolarni xorijga ishga yuborish vazifasini xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkazish belgilandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Yangi tartibga ko‘ra, yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir fuqaro uchun xususiy bandlik agentligiga 1,5 million so‘mdan rag‘bat puli to‘lanadi.Yoshlarni kasb va xorijiy tillarga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi xususiy agentliklarga bepul ijaraga beriladi.Chet eldan jalb qilingan o‘qituvchi va ekspertlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. O‘quv jarayoniga zarur uskuna va jihozlar esa bojxona bojidan ozod qilinadi.Prezident bir oy ichida xususiy bandlik agentliklari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishni topshirdi. Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.Endilikda xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari, talab etiladigan kasb va til ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar mahallalarga yetkaziladi. Chet elda ishlash istagidagilar “Onlayn mahalla” platformasi orqali ro‘yxatga olinadi.Shuningdek, xorijda muammoga duch kelgan fuqarolar mazkur platforma orqali yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Zarur hollarda diplomatlar ularning huquqlarini himoya qilish uchun bevosita yordam ko‘rsatadi.
https://oz.sputniknews.uz/20261021/xorij-ish-joylashtirish-arzonlashish-61361259.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/15/61362244_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_30db267a7b6d39fa82f01c93ede86cc0.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migrantlar, migratsiya, migratsiya agentligi, ish, raqamli texnologiyalar, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
migrantlar, migratsiya, migratsiya agentligi, ish, raqamli texnologiyalar, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
Kelasi yildan chet elga ishga jo‘natish xususiy agentliklarga to‘liq o‘tkaziladi
2027 yildan chet elga ishga joylashtirish vazifasi ishonchli xususiy bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkaziladi. Har bir muvaffaqiyatli ishga joylashtirilgan fuqaro uchun 1,5 mln so‘m to‘lanadi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yildan fuqarolarni xorijga ishga yuborish vazifasini xususiy sektordagi eng ishonchli bandlik agentliklariga to‘liq o‘tkazish belgilandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda
ma’lum qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir fuqaro uchun xususiy bandlik agentligiga 1,5 million so‘mdan rag‘bat puli to‘lanadi.
Agentliklar faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida ularning reytingi yuritiladi. Bunda fuqaroning haqiqatan ishga joylashgani, mehnat huquqlari himoya qilinishi, yuqori daromad va kafolatli ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lishi asosiy mezon hisoblanadi.
Yoshlarni kasb va xorijiy tillarga tayyorlash uchun texnikum binolarining bir qismi xususiy agentliklarga bepul ijaraga beriladi.
Chet eldan jalb qilingan o‘qituvchi va ekspertlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. O‘quv jarayoniga zarur uskuna va jihozlar esa bojxona bojidan ozod qilinadi.
Prezident bir oy ichida xususiy bandlik agentliklari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishni topshirdi. Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda joriy yilda 34 ta davlatda 287 ming kishini ishga joylashtirish imkoniyati mavjudligi, ammo fuqarolar bu haqda yetarlicha xabardor emasligi ta’kidlandi.
Endilikda xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari, talab etiladigan kasb va til ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar mahallalarga yetkaziladi. Chet elda ishlash istagidagilar “Onlayn mahalla” platformasi orqali ro‘yxatga olinadi.
Shuningdek, xorijda muammoga duch kelgan fuqarolar mazkur platforma orqali yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Zarur hollarda diplomatlar ularning huquqlarini himoya qilish uchun bevosita yordam ko‘rsatadi.