Koreya, Yevropa va Rossiya: xorijda ishga joylashtirish xizmatlari keskin arzonlashdi

© Agentstvo migratsiiUslugi po trudoustroystvu za rubejom rezko podesheveli
Uslugi po trudoustroystvu za rubejom rezko podesheveli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish xizmati 17,6 mln so‘mga arzonlashdi. Yevropa, Rossiya va arab davlatlariga xizmat bepul bo‘ldi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Migratsiya agentligining 19-oktabrdagi 114-sonli buyrug‘i bilan xorijda ishga joylashtirish va jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik xizmatlariga yangi tariflar belgilandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ular 20-oktabrdan kuchga kirdi va ushbu sanadan boshlab tuzilgan shartnomalarga tatbiq etiladi. Avvalgi shartnomalar uchun yangi narxlar amal qilmaydi.
Qaysi davlatlarga ishga joylashtirish bepul?
Migratsiya agentligi orqali tashkiliy tartibda Yevropa davlatlari, Rossiya va arab mamlakatlariga ishga yuboriladigan fuqarolardan 2026-yil 31-dekabrgacha Agentlik xizmatlari uchun haq undirilmaydi.
Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish qancha turadi?
Yangi tariflar viza turiga qarab farqlanadi:
E-9 vizasi (zavod va fabrikalar, qurilish, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va ayrim xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlash uchun mo‘ljallangan) — 4,4 mln so‘m;
E-7 vizasi (malakali mutaxassislar uchun viza. Muayan kasbiy bilim, malaka yoki tajriba talab qilinadigan ishlarda faoliyat yuritishga mo‘ljallangan) — 4,4 mln so‘m;
E-8 vizasi (mavsumiy ishchilar uchun viza. Asosan qishloq xo‘jaligida hosil yetishtirish, yig‘ib olish va baliqchilik sohasida vaqtincha ishlash imkonini beradi) — 1,32 mln so‘m.
E-9 vizasi bo‘yicha xizmat haqi avval 22 mln so‘m bo‘lgan.
Boshqa davlatlar uchun tariflar
Belarus — 44 ming so‘m;
MDHning Rossiya va Belarusdan tashqari davlatlari hamda Mongoliya — 440 ming so‘m;
Gruziya — 880 ming so‘m;
Turkiya — 1,32 mln so‘m;
Isroil — 4,4 mln so‘m.
Yaponiyada texnologiyalar, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar yo‘nalishida ishga joylashadigan oliygoh bitiruvchilari uchun xizmat haqi 440 ming so‘m. Maxsus malakali ishchilar va texnik stajorlar uchun esa 4,4 mln so‘m.
Jadvalda boshqa toifalarga kiritilmagan davlatlar uchun umumiy tarif 4,4 mln so‘mni tashkil etadi.
Qanday qo‘shimcha xarajatlar bor?
Agentlik xizmatining bepul bo‘lishi xorijga borishning barcha xarajatlari qoplanishini anglatmaydi.
Viza rasmiylashtirish, aviachipta, tibbiy ko‘rik va boshqa xarajatlar mehnat shartnomasi hamda tegishli dastur shartlariga qarab alohida to‘lanishi mumkin.
Xorijdagi rasmiy ish takliflarini xorijdaish.uz platformasidan topish, ro‘yxatdan o‘tib anketa to‘ldirish mumkin.
Agentlik fuqarolarni pul to‘lashdan avval shartnoma va xizmat haqini tekshirishga chaqiradi. Qo‘shimcha ma’lumotni 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin.
Rossiyaga ishga yuborishning yangi mexanizmlari — video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2026
Matbuot markazi
Xorijga ishga borish uchun avvalambor kasb va til o‘rganish kerak — video
Yangiliklar lentasi
0