O‘zbekiston taekvondochilari Serbiyada oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOK Taekvondistki Uzbekistana zavoyevali zolotuyu i bronzovuyu medali v Serbii

Taekvondistki Uzbekistana zavoyevali zolotuyu i bronzovuyu medali v Serbii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2026
Obuna bo‘lish
Serbiyadagi xalqaro taekvondo turnirida O‘zbekiston ikki medal oldi: Madina Mirabzalova oltin, Svetlana Saidova bronza yutdi.
TOShKENT, 1 NOYa — Sputnik. O‘zbekiston taekvondochilari Serbiya poytaxti Belgradda o‘tkazilayotgan “Galeb Belgrade Trophy – Serbia Open 2026” xalqaro turnirida ikkita medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matubot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning 31-oktabr kungi bahslarida Madina Mirabzalova 57 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
73 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan Svetlana Saidova esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqa Jahon taekvondo federatsiyasining G-1 toifasidagi xalqaro turniri hisoblanadi. Unda sportchilar jahon reytingi uchun ochkolar ham to‘playdi.
E’tiborlisi, har ikki sportchi oktabr oyi oxirida Namanganda o‘tkazilgan “Uzbekistan Open” xalqaro turnirida ham sovrindor bo‘lgan edi. O‘shanda Saidova oltin, Mirabzalova esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Taekvondisti Uzbekistana zavoyevali 6 medaley na turnire Qatar Open 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2026
O‘zbekistonlik taekvondochi qizlar Qatarda eng yaxshi jamoa deb topildi
Yangiliklar lentasi
0