https://oz.sputniknews.uz/20261022/uzbekistan-taekvondochi-qizlar-qatar-61397548.html
O‘zbekistonlik taekvondochi qizlar Qatarda eng yaxshi jamoa deb topildi
O‘zbekistonlik taekvondochi qizlar Qatarda eng yaxshi jamoa deb topildi
Sputnik O‘zbekiston
Dohada o‘tgan G1 toifasidagi “Qatar Open” turnirida O‘zbekiston taekvondochilari 6 ta medal oldi. Ayollar terma jamoasi eng yaxshi jamoa, Svetlana Saidova esa eng yaxshi sportchi deb topildi. Turnirda 46 dan ortiq davlat qatnashdi.
2026-10-22T11:57+0500
2026-10-22T11:57+0500
2026-10-22T11:57+0500
sport
taekvondo
musobaqa
qatar
o‘zbekiston
oltin medal
kumush medal
bronza medal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61397009_0:159:1259:867_1920x0_80_0_0_e43f0238704efc43dc8f35dfcb3f6c57.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston taekvondo WT bo‘yicha ayollar terma jamoasi Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilgan “Qatar Open – 2026” xalqaro turnirida “Eng yaxshi ayollar jamoasi” deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.Musobaqaning “Eng yaxshi ayol sportchisi” unvoni ham O‘zbekiston vakili Svetlana Saidovaga nasib etdi. U 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Saidova oktabr boshida Aichi–Nagoya Osiyo o‘yinlarida bronza medali sohibi bo‘lgan edi.Oltin medallarga Yodgorbek Jo‘raboyev (-87 kg) va Svetlana Saidova (+73 kg) sazovor bo‘ldi. Madina Mirabzalova (-57 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi.Bronza medallarini esa Najmiddin Qosimhojiyev (-74 kg), Shabbona Abduvaliyeva (-57 kg) va Mohidil O‘ktamjonova (-62 kg) jamg‘ardi.O‘zbekiston umumjamoa hisobida Tunisdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.Qatar Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, “Qatar Open” G1 toifasidagi xalqaro reyting musobaqasi bo‘lib, ishtirokchilarga jahon reytingi uchun ochkolar beradi.Turnirning turli yosh toifalarida 46 dan ortiq mamlakatdan 1152 nafar sportchi qatnashdi. Ular orasida 20 dan ziyod Olimpiada va jahon chempionlari ham bor edi.Dohada 18–21 oktabr kunlari o‘tkazilgan mazkur musobaqa oltinchi bor tashkil etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20261011/ozbekiston-taekvon-61107684.html
qatar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61397009_52:0:1208:867_1920x0_80_0_0_5572d9a60ae12ec05329783b9966bc84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, taekvondo, musobaqa, qatar, o‘zbekiston, oltin medal, kumush medal, bronza medal
sport, taekvondo, musobaqa, qatar, o‘zbekiston, oltin medal, kumush medal, bronza medal
O‘zbekistonlik taekvondochi qizlar Qatarda eng yaxshi jamoa deb topildi
O‘zbekistonlik taekvondochi qizlar Qatarda eng yaxshi jamoa deb topildi. Svetlana Saidova esa musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston taekvondo WT bo‘yicha ayollar terma jamoasi Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilgan “Qatar Open – 2026” xalqaro turnirida “Eng yaxshi ayollar jamoasi” deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Musobaqaning “Eng yaxshi ayol sportchisi” unvoni ham O‘zbekiston vakili Svetlana Saidovaga nasib etdi. U 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Saidova oktabr boshida Aichi–Nagoya Osiyo o‘yinlarida bronza medali sohibi bo‘lgan edi.
O‘zbekiston terma jamoasi kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarni 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza — jami 6 ta medal bilan yakunladi. Shuning to‘rttasini ayollar qo‘lga kiritdi.
Oltin medallarga Yodgorbek Jo‘raboyev (-87 kg) va Svetlana Saidova (+73 kg) sazovor bo‘ldi. Madina Mirabzalova (-57 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bronza medallarini esa Najmiddin Qosimhojiyev (-74 kg), Shabbona Abduvaliyeva (-57 kg) va Mohidil O‘ktamjonova (-62 kg) jamg‘ardi.
O‘zbekiston umumjamoa hisobida Tunisdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Qatar Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, “Qatar Open” G1 toifasidagi xalqaro reyting musobaqasi bo‘lib, ishtirokchilarga jahon reytingi uchun ochkolar beradi.
Turnirning turli yosh toifalarida 46 dan ortiq mamlakatdan 1152 nafar sportchi qatnashdi. Ular orasida 20 dan ziyod Olimpiada va jahon chempionlari ham bor edi.
Dohada 18–21 oktabr kunlari o‘tkazilgan mazkur musobaqa oltinchi bor tashkil etildi.