https://oz.sputniknews.uz/20261101/uzbekistan-kazakhstan-havo-tozalash-muhokama-61652997.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston havoni tozalash choralarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston havoni tozalash choralarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston havo sifatini yaxshilash choralarini muhokama qildi. Toshkentda 30-oktabrda AQI 170, Olmaotada 28-oktabrda 164 bo‘lgan. Tomonlar chegaraoldi monitoringi va ma’lumot almashinuvini ko‘rib chiqdi.
2026-11-01T08:39+0500
2026-11-01T08:39+0500
2026-11-01T08:55+0500
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
ekologiya
ob-havo
toshkent
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/01/61652458_0:208:540:512_1920x0_80_0_0_fdb2fe92146ae897f8ce24c75dac9a5d.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi xabar berdi.31 oktabr kuni Shimkent va Sariog‘ochda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakatning sohaviy idoralari vakillari ishtirok etdi.Shuningdek, O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘rtasida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasi va “Toza havo” tashabbusi ko‘rib chiqildi.Avvalroq, 23-oktabr kuni Ostonada o‘tkazilgan uchrashuvda ham ikki davlat havoning ifloslanishiga qarshi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi. Xususan, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar yo‘l xaritasini ishlab chiqish, ifloslantiruvchi moddalarning chegaralar orqali tarqalishini birgalikda o‘rganish va “Toza havo” davlatlararo konsorsiumini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan.So‘nggi kunlarda Toshkent va Olmaotada ham havo sifati yomonlashdi.IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, 28-oktabr kuni soat 20:00 da Olmaotada havo sifati indeksi 164 AQI ga yetgan. Bu inson salomatligi uchun zararli daraja hisoblanadi.30 oktabr kuni soat 15:00 da Toshkent bo‘yicha o‘rtacha AQI 170 ni tashkil etgan. O‘zbekistonlik mutaxassislar Toshkentda havo sifatining yomonlashishini kuchsiz shamol, harorat inversiyasi va ifloslantiruvchi moddalarning yerga yaqin qatlamda to‘planishi bilan izohlagan.Qozog‘istonning “Qazgidromet” xizmati esa 31-oktabr kuni Olmaota va Shimkentda havoda ifloslantiruvchi moddalar to‘planishiga qulay meteorologik sharoit yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261029/toshkent-yana-havosi-eng-iflos-uch-shahar-qatorida--viloyatlarda-ahvol-qanday-61581276.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/01/61652458_0:158:540:563_1920x0_80_0_0_a50f1ff6382dace516466842bb8cedb9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, ekologiya , ob-havo, toshkent, hamkorlik
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, ekologiya , ob-havo, toshkent, hamkorlik
O‘zbekiston va Qozog‘iston havoni tozalash choralarini muhokama qildi
08:39 01.11.2026 (yangilandi: 08:55 01.11.2026) O‘zbekiston va Qozog‘iston havo sifatini yaxshilash choralarini muhokama qildi. Toshkent va Olmaotada havo ifloslanishi kuchaygan.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi
xabar berdi.
31 oktabr kuni Shimkent va Sariog‘ochda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakatning sohaviy idoralari vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar chegaraoldi hududlarda havo sifatini kuzatish, monitoring ma’lumotlari bilan almashish va atmosfera ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni muhokama qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘rtasida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasi va “Toza havo” tashabbusi ko‘rib chiqildi.
Avvalroq, 23-oktabr kuni Ostonada o‘tkazilgan uchrashuvda ham ikki davlat havoning ifloslanishiga qarshi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi. Xususan, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar yo‘l xaritasini ishlab chiqish, ifloslantiruvchi moddalarning chegaralar orqali tarqalishini birgalikda o‘rganish va “Toza havo” davlatlararo konsorsiumini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan.
So‘nggi kunlarda Toshkent va Olmaotada ham havo sifati yomonlashdi.
IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, 28-oktabr kuni soat 20:00 da Olmaotada havo sifati indeksi 164 AQI ga yetgan. Bu inson salomatligi uchun zararli daraja hisoblanadi.
30 oktabr kuni soat 15:00 da Toshkent bo‘yicha o‘rtacha AQI 170 ni tashkil etgan.
O‘zbekistonlik mutaxassislar Toshkentda havo sifatining yomonlashishini kuchsiz shamol, harorat inversiyasi va ifloslantiruvchi moddalarning yerga yaqin qatlamda to‘planishi bilan izohlagan.
Qozog‘istonning “Qazgidromet” xizmati esa 31-oktabr kuni Olmaota va Shimkentda havoda ifloslantiruvchi moddalar to‘planishiga qulay meteorologik sharoit yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.