https://oz.sputniknews.uz/20261029/toshkent-yana-havosi-eng-iflos-uch-shahar-qatorida--viloyatlarda-ahvol-qanday-61581276.html
Toshkent yana havosi eng iflos uch shahar qatorida — viloyatlarda ahvol qanday?
Toshkent yana havosi eng iflos uch shahar qatorida — viloyatlarda ahvol qanday?
Sputnik O‘zbekiston
IQAir ma’lumotiga ko‘ra, 29-oktabr ertalab Toshkent havosi 183 AQI bilan eng iflos yirik shaharlar ro‘yxatida uchinchi bo‘ldi. Bishkek to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Viloyat markazlarida vaziyat qanday va 2025-yildan nima o‘zgardi?
2026-10-29T09:22+0500
2026-10-29T09:22+0500
2026-10-29T10:08+0500
toshkent
ob-havo
o‘zbekiston
samarqand
qarshi
markaziy osiyo
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55122639_0:118:1134:756_1920x0_80_0_0_af0d4d5f130cca9a2db854bc1bd96e0e.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Toshkent yana dunyoning havosi eng iflos yirik shaharlari uchligiga kirdi. 29-oktabr kuni soat 09:01 holatiga ko‘ra, IQAir xalqaro monitoring platformasi reytingida O‘zbekiston poytaxti 183 AQI ko‘rsatkichi bilan uchinchi o‘rinni egalladi.Material e’lon qilinayotgan vaqtda poytaxt bo‘yicha havo sifati indeksi 188 AQI ni tashkil etdi. Ayrim hududlarda esa ifloslanish darajasi bundan ham yuqori bo‘ldi. Xususan, "Buyuk Ipak yo‘li" metro bekati yaqinidagi monitoring stansiyasi 344 AQI ko‘rsatkichini qayd etdi.Reytingda birinchi o‘rinni Pokistonning Lahor shahri (298 AQI), ikkinchi o‘rinni Hindistonning Dehli shahri (255 AQI) egalladi. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek 181 AQI bilan to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi.Viloyat markazlarida vaziyat qanday?IQAir platformasining 29-oktabr ertalabgi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning ayrim viloyat markazlarida ham havo ifloslanishining yuqori darajasi kuzatildi.Jumladan, Namanganda havo sifati indeksi 182 AQI, Nukusda esa 149 AQI bo‘ldi.Boshqa shaharlarda ko‘rsatkichlar nisbatan past: Jizzaxda — 83, Urganchda — 58, Andijonda — 34, Farg‘onada — 22 AQI.Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida ham havo ifloslanmoqda28 oktabr kuni kechqurun Qozog‘istonning Olmaota shahri ham havosi eng iflos yirik shaharlar reytingida beshinchi o‘ringa chiqqan edi. IQAir ma’lumotiga ko‘ra, soat 20:00 da shaharda havo sifati indeksi 164 AQI ni tashkil etgan.Mutaxassislar bu holatni antisiklon ta’siri, shamolning susayishi, yog‘ingarchilikning yo‘qligi va harorat inversiyasi bilan izohlamoqda. Bunday sharoitda transport, sanoat va energetika obyektlaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek, tabiiy chang atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida to‘planadi.O‘tgan yilga nisbatan nima o‘zgardi?2025 yil kuzida Toshkentda havo ifloslanishi yanada yuqori darajalarga chiqqan holatlar ham kuzatilgan. Xususan, IQAir 22-sentabrda poytaxtning ayrim monitoring stansiyalarida havo sifati indeksi 301 AQI dan oshganini qayd etgan edi.Shu bilan birga, 2026-yilning umumiy ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260301/tashkent-havo-iflos-reyting-birinchi-56038013.html
o‘zbekiston
qarshi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55122639_38:0:1046:756_1920x0_80_0_0_2ce1f056ed712d67868460ff6c6ce49d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, ob-havo, o‘zbekiston, samarqand, qarshi, markaziy osiyo, jamiyat
toshkent, ob-havo, o‘zbekiston, samarqand, qarshi, markaziy osiyo, jamiyat
Toshkent yana havosi eng iflos uch shahar qatorida — viloyatlarda ahvol qanday?
09:22 29.10.2026 (yangilandi: 10:08 29.10.2026) Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Ayrim monitoring stansiyalarda ko‘rsatkich 344 AQI ga yetdi. Namangan va Nukusda ham havo ifloslanishi yuqori darajada qayd etildi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Toshkent yana dunyoning havosi eng iflos yirik shaharlari uchligiga kirdi. 29-oktabr kuni soat 09:01 holatiga ko‘ra,
IQAir xalqaro monitoring platformasi reytingida O‘zbekiston poytaxti 183 AQI ko‘rsatkichi bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Material e’lon qilinayotgan vaqtda poytaxt bo‘yicha havo sifati indeksi 188 AQI ni tashkil etdi. Ayrim hududlarda esa ifloslanish darajasi bundan ham yuqori bo‘ldi. Xususan, "Buyuk Ipak yo‘li" metro bekati yaqinidagi monitoring stansiyasi 344 AQI ko‘rsatkichini qayd etdi.
AQI shkalasiga ko‘ra, 151–200 oralig‘idagi ko‘rsatkich havo salomatlik uchun zararli ekanini anglatadi. 301 va undan yuqori daraja esa "xavfli" toifaga kiradi.
Reytingda birinchi o‘rinni Pokistonning Lahor shahri (298 AQI), ikkinchi o‘rinni Hindistonning Dehli shahri (255 AQI) egalladi. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek 181 AQI bilan to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi.
Viloyat markazlarida vaziyat qanday?
IQAir platformasining 29-oktabr ertalabgi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning ayrim viloyat markazlarida ham havo ifloslanishining yuqori darajasi kuzatildi.
Jumladan, Namanganda havo sifati indeksi 182 AQI, Nukusda esa 149 AQI bo‘ldi.
Boshqa shaharlarda ko‘rsatkichlar nisbatan past: Jizzaxda — 83, Urganchda — 58, Andijonda — 34, Farg‘onada — 22 AQI.
Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida ham havo ifloslanmoqda
28 oktabr kuni kechqurun Qozog‘istonning Olmaota shahri ham havosi eng iflos yirik shaharlar reytingida beshinchi o‘ringa chiqqan edi. IQAir ma’lumotiga ko‘ra, soat 20:00 da shaharda havo sifati indeksi 164 AQI ni tashkil etgan.
O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qilishicha, oktabrning so‘nggi kunlarida havo sifatining yomonlashishi Markaziy Osiyoning bir qator shaharlarida bir vaqtda kuzatilmoqda.
Mutaxassislar bu holatni antisiklon ta’siri, shamolning susayishi, yog‘ingarchilikning yo‘qligi va harorat inversiyasi bilan izohlamoqda. Bunday sharoitda transport, sanoat va energetika obyektlaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek, tabiiy chang atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida to‘planadi.
O‘tgan yilga nisbatan nima o‘zgardi?
2025 yil kuzida Toshkentda havo ifloslanishi yanada yuqori darajalarga chiqqan holatlar ham kuzatilgan. Xususan, IQAir 22-sentabrda poytaxtning ayrim monitoring stansiyalarida havo sifati indeksi 301 AQI dan oshganini qayd etgan edi.
Shu bilan birga, 2026-yilning umumiy ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangan.