Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina butun front bo‘ylab jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyor — mamlakat TIV rahbari

© AP PhotoMinistr inostrannix del Ukraini Andrey Sibiga. Arxivnoe foto
Ministr inostrannix del Ukraini Andrey Sibiga. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2026
Obuna bo‘lish
Aleshkidagi gumanitar missiya davomida vaqtinchalik sulhga erishilganidan so‘ng Ukraina butun frontda jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Kreml esa umumiy sulhga rozilik bergani yo‘q
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Ukraina butun front bo‘ylab jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
U Xerson viloyatining Aleshki shahridagi gumanitar operatsiya yakunlarini sharhlar ekan, mahalliy o‘t ochmaslik rejimi boshqa hududlarda ham qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidladi.
“Agar jangovar harakatlarni bir joyda to‘xtatish mumkin bo‘lsa, ularni hamma joyda va butunlay to‘xtatish mumkin. Ukraina bunga tayyor. Rossiyadan ham shuni kutamiz”, — deb yozdi Sibiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleshkidan evakuatsiya qilingan Ukraina fuqarolari Chernigov viloyati orqali mamlakatga qaytgan. Kiyev gumanitar operatsiya natijalarini ishonchni mustahkamlash va keyingi tinchlik muzokaralari uchun asos bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Biroq Moskva hozircha umumiy o‘t ochmaslik rejimiga rozilik bildirgani yo‘q.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 30-oktabr kuni Aleshkidagi vaqtinchalik sulhni butun Ukraina mojarosini tartibga solish jarayoniga tatbiq etish qiyinligini aytgan edi.
Shuningdek, u NBC News telekanaliga bergan intervyusida uch tomonlama muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish jangovar harakatlarni to‘xtatishni anglatmasligini ta’kidladi.
“Bizga o‘t ochishni to‘xtatish emas, tinchlik kerak”, — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina AQSh vositachiligida Aleshki shahrida gumanitar operatsiya o‘tkazish uchun vaqtincha o‘t ochmaslikka kelishgan edi. 27-oktabrda kuchga kirgan rejim 1-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 22:59 gacha amal qilishi belgilangan.
Ushbu kelishuv doirasida aholiga gumanitar yordam yetkazildi va shahardan ketishni istagan fuqarolar evakuatsiya qilindi. Missiya 31-oktabr kuni yakunlandi.
Aleshkidagi kelishuv faqat muayan hudud va gumanitar operatsiyaga taalluqli bo‘lib, tomonlar o‘rtasida butun front bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuv mavjud emas.
Upolnomochenniy po pravam cheloveka v RF Yana Lantratova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Aleshkidagi gumanitar missiya muvaffaqiyatli yakunlandi — ombudsman
Yangiliklar lentasi
0