Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Aleshkidagi gumanitar missiya muvaffaqiyatli yakunlandi — ombudsman

© © Press-slujba apparata upolnomochennogo po pravam cheloveka v RF Upolnomochenniy po pravam cheloveka v RF Yana Lantratova.
Upolnomochenniy po pravam cheloveka v RF Yana Lantratova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2026
Obuna bo‘lish
Aleshkidan evakuatsiya qilingan aholi ularning iltimosiga binoan Rossiya va Ukrainaga yuboriladi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Aleshkidagi gumanitar missiya hech qanday hodisasiz yakunlandi, deb ma’lum qildi Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Yana Lantratova RIA Novostiga.

Lantratova barcha ishtirokchilarga va AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampga minnatdorlik bildirdi.
Missiya doirasida shaharga 25 ta avtobusdan iborat katta karvon yetib keldi. Aleshkidagi aholiga oziq-ovqat, gigiyena vositalari, generatorlar uchun yoqilg‘i, dori-darmon va boshqa zaruriy buyumlar yetkazib berildi. Shaharni tark etishni istaganlarga avtobusda olib chiqildi.
Evakuatsiya qilingan aholi, ularning ularning iltimosiga binoan Rossiya va Ukrainaga jo‘nab ketdi. Ombudsman shaharda qolganlar bilan aloqada bo‘lib turadi.
"Biz odamlarning o‘zlari so‘ragan narsalarni yig‘dik. Qolishga qaror qilganlar uchun bu ayniqsa muhim. Bu ularning uyi. Ular yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak", dedi Yana Lantratova.
Aleshki Xerson viloyatidagi Dnepr darosining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Shaharning o‘zi va u yerga olib boradigan ikkita yo‘l ham Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi tufayli u yerdagi vaziyat qiyinlashdi.
Buni hal qilish uchun Moskva va Kiyev gumanitar operatsiya tashkil qilish haqida kelishib oldilar. Ushbu kelishuvga erishishda AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp muhim rol o‘ynadi. Aleshkida erishilgan sulh 1-noyabr kuni soat 22:59 gacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0