https://oz.sputniknews.uz/20261101/kudermetova-timofeeva-wta-turnir-golib-61662826.html
Kudermetova va Timofeyeva Xitoydagi WTA 250 turnirida g‘olib bo‘ldi
Kudermetova va Timofeyeva Xitoydagi WTA 250 turnirida g‘olib bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva Xitoydagi Guangzhou Open turnirining juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi. Avval Rossiya nomidan ishtirok etgan ikki tennischi finalda Tayvan juftligini yengib, ilk WTA juftlik titulini qo‘lga kiritdi.
2026-11-01T17:56+0500
2026-11-01T17:56+0500
2026-11-01T18:04+0500
sport
xitoy
musobaqa
chempion
g‘alaba
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/01/61662980_0:154:1081:762_1920x0_80_0_0_a430c22ff94036373e7fcd052f79b910.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan Guangzhou Open (WTA 250) turnirining juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.Finalda ular Tayvan vakilalari I-Suan Cho va I-Szen Cho juftligini 7:5, 7:6 (7:1) hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 49 daqiqa davom etdi.E’tiborlisi, Kudermetova va Timofeyeva avval Rossiya nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Timofeyeva 2025-yil oktabrda, Kudermetova esa dekabrda O‘zbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshlagan.O‘zbekiston Tennis federatsiyasi ularning mamlakat terma jamoasiga qo‘shilishini ayollar tennisini rivojlantirish va xalqaro maydondagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan qadam sifatida baholagan.Guanchjoudagi g‘alaba har ikki sportchi uchun WTA asosiy turining juftlik bahslaridagi ilk chempionlik bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20261004/barmicheva-turnir-chempion-60957124.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/01/61662980_0:53:1081:863_1920x0_80_0_0_07e4d46f8086c1fd708518d19ddb7f99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, xitoy, musobaqa, chempion, g‘alaba, rossiya
sport, xitoy, musobaqa, chempion, g‘alaba, rossiya
Kudermetova va Timofeyeva Xitoydagi WTA 250 turnirida g‘olib bo‘ldi
17:56 01.11.2026 (yangilandi: 18:04 01.11.2026) Avval Rossiya nomidan o‘ynagan Kudermetova va Timofeyeva O‘zbekiston vakillari sifatida Xitoydagi WTA 250 turnirida g‘olib bo‘ldi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan Guangzhou Open (WTA 250) turnirining juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.
Finalda ular Tayvan vakilalari I-Suan Cho va I-Szen Cho juftligini 7:5, 7:6 (7:1) hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 49 daqiqa davom etdi.
Avvalroq yarim finalda o‘zbekistonlik tennischilar amerikalik mashhur sportchi Vinus Uilyams va indoneziyalik Janis Tyen juftligi ustidan 6:4, 6:7 (8:10), 10:6 hisobida g‘alaba qozongan edi.
E’tiborlisi, Kudermetova va Timofeyeva avval Rossiya nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Timofeyeva 2025-yil oktabrda, Kudermetova esa dekabrda O‘zbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshlagan.
O‘zbekiston Tennis federatsiyasi ularning mamlakat terma jamoasiga qo‘shilishini ayollar tennisini rivojlantirish va xalqaro maydondagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan qadam sifatida baholagan.
Guanchjoudagi g‘alaba har ikki sportchi uchun WTA asosiy turining juftlik bahslaridagi ilk chempionlik bo‘ldi.