Aleksandra Barmicheva Istanbulda J200 turniri chempioni bo‘ldi

© UTFAleksandra Barmicheva stala chempionkoy turnira J200 v Stambule
Aleksandra Barmicheva stala chempionkoy turnira J200 v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
Obuna bo‘lish
16 yoshli Aleksandra Barmicheva Istanbuldagi J200 turnirida chempion bo‘lib, ITF o‘smirlar reytingi uchun 200 ochko qo‘lga kiritdi
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik tennischi Aleksandra Barmicheva Istanbuldagi J200 turnirida chempion bo‘lib, ITF o‘smirlar reytingi uchun 200 ochko qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
ITF World Tennis Tour Juniors doirasidagi musobaqa 28-sentabrdan 4-oktabrgacha Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazildi. Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining asosiy setkasida 64 nafar tennischi ishtirok etdi.
Barmicheva chempionlik yo‘lida bir qator kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Ayniqsa, chorak finalda musobaqaning birinchi raqamli saralangan tennischisi — ITF o‘smirlar jahon reytingida 83-o‘rinda turgan turkiyalik Ayshe Balga qarshi bahs keskin kechdi.
O‘zbekiston vakili birinchi setni 3:6 hisobida boy berganiga qaramay, keyingi ikki setda 6:3, 6:4 hisobida ustun kelib, yarim finalga yo‘l oldi.
Turnir oldidan Barmicheva ITF o‘smirlar jahon reytingida 278-o‘rinni egallab turgan edi. J200 turniridagi chempionlik unga 200 reyting ochkosini beradi va navbatdagi reyting yangilanishida yuqorilash imkonini yaratadi.
J200 ITF o‘smirlar turida J500 va J300dan keyingi yuqori darajadagi xalqaro musobaqalardan hisoblanadi. Bu Barmichevaning ushbu darajadagi eng yirik natijasi bo‘ldi. Avval u J100 turnirlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Tennisistka iz Uzbekistana Kamilla Raximova. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Kamilla Rahimova dunyoning sobiq birinchi raketkasi Venus Uilyamsni mag‘lub etdi
Yangiliklar lentasi
0