Binance kriptobirjasi 6,3 mlrd dollarlik kiberhujumdan so‘ng zararning 95 foizini qopladi

© Sputnik / Sgenerirovano IIBinance pokrila 95% usherba ot kiberataki, otsenyonnogo v $6,3 mlrd.
Binance pokrila 95% usherba ot kiberataki, otsenyonnogo v $6,3 mlrd. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2026
Obuna bo‘lish
Binance 6,3 mlrd dollarlik kiberhujumdan so‘ng pul yechishni bosqichma-bosqich tiklamoqda. Birja zararning 95 foizini qoplagan.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Binance kriptovalyuta birjasi yirik kiberhujumdan so‘ng aktivlarni yechib olish xizmatini bosqichma-bosqich tiklashni boshladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berildi.
Birinchi navbatda Bitcoin tarmog‘ida pul yechish imkoniyati qayta ishga tushirildi. Keyingi bosqichlarda Ethereum, BNB, Solana, USDT va boshqa kriptoaktivlar bo‘yicha operatsiyalar tiklanishi rejalashtirilgan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, kiberhujum natijasida yetkazilgan 6,3 mlrd dollarlik zararning qariyb 95 foizi birjaning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplangan. Qolgan 5 foiz kam likvidli kriptoaktivlarga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, 29-oktabr kuni xakerlar Binance birjasining internetga ulangan kriptohamonlariga kirib, taxminan 6,3 mlrd dollarlik aktivlarni o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng birja pul yechish operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatgan.
Birja huquqni muhofaza qiluvchi organlar va hamkorlari yordamida o‘g‘irlangan aktivlarning qariyb 3 mlrd dollarlik qismini blokcheyn tarmoqlarida muzlatishga erishgan.
AQSh Federal qidiruv burosi (FBR) 31-oktabr kuni ushbu kiberhujum ortida Shimoliy Koreya bilan bog‘liq TraderTraitor xakerlar guruhi turganini ma’lum qildi.
FBR ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar o‘g‘irlangan mablag‘larning bir qismini Ethereum kriptovalyutasiga aylantirgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ularning keyingi harakatlarini kuzatmoqda.
Kiberhujumning aniq mexanizmi bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarda kompaniya muhandislaridan birining noutbuki buzib kirilgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan, biroq keyinchalik boshqa zaif nuqtalar ham aniqlangan.
Binance barcha moliyaviy yo‘qotishlarni o‘z zimmasiga olishini va mijozlar zarar ko‘rmasligini ta’kidlamoqda. Birja to‘liq texnik hisobotni tekshiruv yakunlangach e’lon qilishni rejalashtirgan.
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Pentagon 9 oy sezmagan: xakerlar 3 mln harbiy va xodim ma’lumotlariga kirishgan — OAV
Yangiliklar lentasi
0