https://oz.sputniknews.uz/20260929/pentagon-xakerlar-malumotlar-60812904.html
Pentagon 9 oy sezmagan: xakerlar 3 mln harbiy va xodim ma’lumotlariga kirishgan - OAV
Pentagon 9 oy sezmagan: xakerlar 3 mln harbiy va xodim ma’lumotlariga kirishgan - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Pentagon tizimiga ruxsatsiz kirish 2025-yil oktabridan 2026-yil iyuligacha davom etgan. Hodisa 3 milliondan ortiq kishiga ta’sir qilgan, ularning ijtimoiy sug‘urta raqamlari va xizmat ma’lumotlari ochilib qolgan.
2026-09-29T10:04+0500
2026-09-29T10:04+0500
2026-09-29T10:04+0500
kiberxavfsizlik
kiberhujum
aqsh
pentagon
dunyo yangiliklari
xakerlar
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/11/48/114877_0:12:2592:1470_1920x0_80_0_0_9392091b9b5365a6739f0f41f4e2c842.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi tizimidagi xavfsizlik zaifligi tufayli ruxsatsiz foydalanuvchilar qariyb to‘qqiz oy davomida millionlab xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari saqlangan fayllarga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Bu haqda ABC News Pentagon rasmiysiga tayanib xabar berdi.Muammo 2025-yil oktabrida boshlangan, ammo Pentagon uni faqat 2026-yil 16-iyulda aniqlagan. Shundan so‘ng tizimdagi zaiflik bartaraf etilgan.Hodisa AQSh Mudofaa vazirligining Mudofaa kadrlar ma’lumotlari markazi — Defense Manpower Data Center (DMDC) tizimida yuz bergan. Unda amaldagi va sobiq harbiylar, fuqarolik xodimlari, pudratchilar, pensionerlar va ularning oila a’zolariga oid 60 milliondan ortiq yozuv saqlanadi.Ochilgan fayllarda ijtimoiy sug‘urta raqamlari, ism-familiya, tug‘ilgan sana, aloqa ma’lumotlari, shuningdek, ayrim hollarda harbiy xizmat va mutaxassislik haqidagi ma’lumotlar bo‘lgan. Ma’lumotlarning bir qismi shifrlanmagan holda saqlangan.Pentagon ma’lumotlari ochilib qolgan shaxslarga bir yillik kredit monitoringi va shaxsni tasdiqlash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish xizmatlarini taklif qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260924/kiberhodisalar-tahdidlar-60714835.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/11/48/114877_308:0:2284:1482_1920x0_80_0_0_becb0758d8760ade31a44e152567c39c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kiberxavfsizlik, kiberhujum, aqsh, pentagon, dunyo yangiliklari, xakerlar, mudofaa vazirligi
kiberxavfsizlik, kiberhujum, aqsh, pentagon, dunyo yangiliklari, xakerlar, mudofaa vazirligi
Pentagon 9 oy sezmagan: xakerlar 3 mln harbiy va xodim ma’lumotlariga kirishgan - OAV
Fayllarning bir qismi shifrlanmagan holda saqlangan. Hodisa AQShda milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan xavotir uyg‘otmoqda. AQSh Mudofaa vazirligi vakili ushbu ma’lumotlarni tasdiqlagan
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi tizimidagi xavfsizlik zaifligi tufayli ruxsatsiz foydalanuvchilar qariyb to‘qqiz oy davomida millionlab xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari saqlangan fayllarga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Bu haqda ABC News Pentagon rasmiysiga tayanib
xabar berdi.
Muammo 2025-yil oktabrida boshlangan, ammo Pentagon uni faqat 2026-yil 16-iyulda aniqlagan. Shundan so‘ng tizimdagi zaiflik bartaraf etilgan.
Pentagon rasmiysi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2,76 million tirik va yana qariyb 294 ming vafot etgan kishining ma’lumotlariga ta’sir qilgan.
Hodisa AQSh Mudofaa vazirligining Mudofaa kadrlar ma’lumotlari markazi — Defense Manpower Data Center (DMDC) tizimida yuz bergan. Unda amaldagi va sobiq harbiylar, fuqarolik xodimlari, pudratchilar, pensionerlar va ularning oila a’zolariga oid 60 milliondan ortiq yozuv saqlanadi.
Ochilgan fayllarda ijtimoiy sug‘urta raqamlari, ism-familiya, tug‘ilgan sana, aloqa ma’lumotlari, shuningdek, ayrim hollarda harbiy xizmat va mutaxassislik haqidagi ma’lumotlar bo‘lgan. Ma’lumotlarning bir qismi shifrlanmagan holda saqlangan.
ABC News qayd etishicha, bunday ma’lumotlar firibgarlik va shaxsni nishonga olishda qo‘llanishi mumkin, xizmat vazifalari haqidagi ma’lumotlarning ochilishi esa milliy xavfsizlikka doir xavotirlarni kuchaytirgan.
Pentagon ma’lumotlari ochilib qolgan shaxslarga bir yillik kredit monitoringi va shaxsni tasdiqlash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish xizmatlarini taklif qilmoqda.