Polshada sodir bo‘layotgan voqealar bosh vazir Tuskning zaifligini ko‘rsatadi — siyosatchi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSammit Soveta Yevropi
Sammit Soveta Yevropi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘tgan tungi voqealar Polshada prezident va bosh vazir orasida keskinlashib borayotgan qarama-qarshilik natijasidir.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Polshada sodir bo‘layotgan voqealar Donald Tuskning zaifligini va uning partiyasining yemirilishini ko‘rsatadi, dedi siyosatshunos Vladimir Shapovalov Russia Today nashriga.
Uning fikriga ko‘ra, bosh vazir partiyasi siyosiy kurashning noqonuniy va konstitutsiyaga zid shakllariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
"Bu Polshaning zamonaviy tarixida birinchi marta to‘ntarish urinishi sodir bo‘ldi. Biz so‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shunga o‘xshash narsani birinchi marta ko‘rmoqdamiz va bu Polshada va umuman Yevropa dunyosida tizimli inqirozning dalilidir", - dedi Shapovalov.
Siyosatshunosning qo‘shimcha qilishicha, Polsha davlati to‘liq suveren emas. Uning fikricha, agar Vashington aralashmasa, prezident Navroski iste’foga chiqishi mumkin:
"Tusk Trampning raqiblari tomonida o‘ynamoqda. Navroskining Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qat’iy pozitsiyasi to‘ntarishning muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga olib kelishi mumkin,", - dedi siyosatchi.
Juma kuni Polshada Konstitutsiyaviy sud yangi rahbariyati bo‘yicha mojaro avj oldi. Sud veb saytida sud raisi Bogdan Shveskovskiy va vitse-prezident Bartomej Sochanskiyning lavozimidan chetlatilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Konstitutsiyaviy Sud bu ma’lumotni rad etdi va ishtirokchilarni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi.
Bundan tashqari, sudya Anna Korvin-Petrovska o‘zini Konstitutsiyaviy sudning yangi rahbari deb e’lon qildi. Shundan so‘ng u barchaga, jumladan prezidentga ham Konstitutsiyaviy sud binosiga kirish ta’qilandi.
Shundan so‘ng prezident tarafdori bo‘lgan namoyishchilar Polsha Konstitutsiyaviy sudi atrofida to‘plandi.

Ushbu voqealardan song Senegalga uchib ketayotgan Navroski shoshilinch ravishda poytaxtga qaytdi va tungi soat 3:00 atrofida u xavfsizlik xodimlari hamrohligida Konstitutsiyaviy sud binosiga kirib ketdi.
Generalnaya assambleya OON v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2026
Polshada davlat to‘ntarishga yaqin vaziyat yuzaga keldi
Yangiliklar lentasi
0