Polshada davlat to‘ntarishga yaqin vaziyat yuzaga keldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGeneralnaya assambleya OON v Nyu-Yorke
Generalnaya assambleya OON v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2026
Obuna bo‘lish
Hukumat kuchlari, prezident yo‘qligidan foydalanib, yangi Konstitutsiyaviy sud raisini tayinlamoqchi bo‘lishdi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Polsha prezidenti Karol Navroski Konstitutsiyaviy suddagi vaziyatni hal qilish uchun mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
"Men konstitutsiyaviy tuzumni tiklash maqsadida barcha siyosiy kuchlar va parlament a’zolari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazapman", dedi davlat rahbari Konstitutsiyaviy sud binosi oldida yig‘ilganlarga o‘qib berilgan bayonotda.
U shuningdek, xavfsizlik kuchlarini sudni tark etishga chaqirdi va ularni hukumat tomonidan joylashtirilgan "majburlovchi kuchlar" deb ta’rifladi.
Norozilik namoyishlari va konstitutsiyaviy inqiroz oktabr oyining o‘rtalarida boshlandi. Seym (parlamant) Machey Berekni Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga sayladi. Biroq, hukumat va parlamentga muxolifatda bo‘lgan Navroski yangi sudyani tasdiqlashdan bosh tortdi.
Juma kuni Konstitutsiyaviy sud rahbariyati bo‘yicha mojaro avj oldi. Uning veb-saytida sud raisi Bogdan Shveskovskiy va vitse-prezident Bartomej Sochanskiyning lavozimidan chetlatilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Konstitutsiyaviy Sud bu ma’lumotni rad etdi va ishtirokchilarni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi.
Bundan tashqari, sudya Anna Korvin-Petrovska o‘zini Konstitutsiyaviy sudning yangi rahbari deb e’lon qildi. U jamoat tartibsizliklari xavfi va muassasa xodimlarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shundan so‘ng barchaga, jumladan prezidentga ham Konstitutsiyaviy sud binosiga kirishni ta’qilandi.

O‘tgan oqshom tashrif bilan Senegalga uchib ketayotgan Navroski shoshilinch ravishda poytaxtga qaytdi. Avval u Shvenchkovskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Keyin, Moskva vaqti bilan soat 3:00 atrofida u xavfsizlik xodimlari hamrohligida Konstitutsiyaviy sud binosiga kirib ketdi.
Yangiliklar lentasi
0