https://oz.sputniknews.uz/20261030/yagona-chipta-tizimi-61616629.html
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun yagona chipta tizimi joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun yagona chipta tizimi joriy etilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
2028 yil 1-yanvardan O‘zbekistonda temir yo‘l, havo, avtobus va shahar jamoat transporti xizmatlarini birlashtiruvchi "Bir yo‘l" yagona milliy raqamli transport platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
2026-10-30T12:11+0500
2026-10-30T12:11+0500
2026-10-30T12:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
chiptalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54992479_0:26:1248:727_1920x0_80_0_0_6434a090681f404349fe9ab3884025c6.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. 2028-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda temir yo‘l, havo, avtobus va shahar jamoat transporti xizmatlarini birlashtiruvchi "Bir yo‘l" yagona milliy raqamli transport platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu 2030-yilgacha mo‘ljallangan ichki yo‘lovchi tashishni kompleks rivojlantirish strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan.Shuningdek, bir nechta transport turidan foydalanib safar qilishni yagona buyurtma va to‘lov asosida tashkil etish imkoniyati yaratiladi.Yagona chipta bo‘yicha sinov loyihasini platforma to‘liq ishga tushirilishidan yarim yil oldin – 2027-yil 1-iyuldan yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Birinchi yo‘nalish sifatida Toshkent xalqaro aeroporti — Urganch xalqaro aeroporti – Xiva temiryo‘l vokzali yo‘nalishi tanlanadi.Shu bilan birga, harakat jadvali, yo‘nalishlar, transport almashish joylari haqidagi ma’lumotlar va harakatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tezkor bildirishnomalar berib boruvchi yagona mobil ilova yaratish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261012/mahalliy-aviaqatnovlar-chipta-61119385.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54992479_133:0:1109:732_1920x0_80_0_0_5c96949602faa6fbec890ee833daf5c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, chiptalar
jamiyat, o‘zbekiston, chiptalar
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun yagona chipta tizimi joriy etilishi mumkin
"Bir yo‘l" yagona milliy platforma orqali yo‘lovchilar yo‘nalishlar, harakat jadvali, chipta narxlari va bo‘sh joylar to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. 2028 yil 1-yanvardan O‘zbekistonda temir yo‘l, havo, avtobus va shahar jamoat transporti xizmatlarini birlashtiruvchi "Bir yo‘l" yagona milliy raqamli transport platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu 2030-yilgacha mo‘ljallangan ichki yo‘lovchi tashishni kompleks rivojlantirish
strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan.
Tizim orqali yo‘lovchilar poyezd, samolyot, avtobus va shahar jamoat transportining harakat jadvali, yo‘nalishlari, chipta narxlari hamda mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, bir nechta transport turidan foydalanib safar qilishni yagona buyurtma va to‘lov asosida tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Yagona chipta bo‘yicha sinov loyihasini platforma to‘liq ishga tushirilishidan yarim yil oldin – 2027-yil 1-iyuldan yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Birinchi yo‘nalish sifatida Toshkent xalqaro aeroporti — Urganch xalqaro aeroporti – Xiva temiryo‘l vokzali yo‘nalishi tanlanadi.
Shu bilan birga, harakat jadvali, yo‘nalishlar, transport almashish joylari haqidagi ma’lumotlar va harakatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tezkor bildirishnomalar berib boruvchi yagona mobil ilova yaratish ko‘zda tutilgan.