Mahalliy aviaqatnovlar uchun chipta narxlari 20 foizgacha arzonlashtiriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Obuna bo‘lish
16 oktabrdan “Uzbekistan Airways” chiptalar tariflarini pasaytiradi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 16-oktabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi chiptalar narxi o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtiriladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra aviatsiya bozoridagi narx shakllanishi, mavjud tariflar hamda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari har taraflama o‘rganib chiqilgan.
O‘rganishlar davomida parvozlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari aniqlanib, chipta narxlarini maqbullashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Raqobat qo‘mitasi “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda ichki aviaqatnovlar bo‘yicha tariflar qayta ko‘rib chiqilib, joriy yilning 16-oktabridan boshlab ichki yo‘nalishlarda aviachiptalar narxlari o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtirildi”, - deyilgan xabarda.
Yangilangan tariflarga ko‘ra, Toshkentdan hududlarga bir tomonlama aviachiptalar narxi quyidagicha belgilandi:
Toshkent – Andijon: 201 062 so‘mdan;
Toshkent – Namangan: 201 062 so‘mdan;
Toshkent – Farg‘ona: 201 062 so‘mdan;
Toshkent – Samarqand: 201 062 so‘mdan;
Toshkent – Buxoro: 241 274 so‘mdan;
Toshkent – Termiz: 361 911 so‘mdan;
Toshkent – Urganch: 442 336 so‘mdan;
Toshkent – Nukus: 442 336 so‘mdan.
Ma’lum qilinishicha, bu aholi uchun aviaqatnovlarni yanada qulay va hamonbop qilish, ichki turizmni rivojlantirish, hududlar o‘rtasida harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat safarlari va shaxsiy tashriflarni rejalashtirishda qo‘shimcha qulaylik yaratish va iste’molchilar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Boeing  Uzbekistan Airlines  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2026
1 oktabrdan ayrim fuqarolarga avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari uchun imtiyozlar beriladi
Yangiliklar lentasi
0