Toshkentda “atom” sinflari ochilmoqda

© Agentstvo "Uzatom"
Obuna bo‘lish
O‘quvchilar "MMFI" MTAU Toshkent filialiga o‘qishga kirish uchun maqsadli tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Toshkentda I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti qoshidagi akademik litsey va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi International House-Tashkent akademik litseyi negizida ixtisoslashtirilgan “atom” sinflari” tashkil etilmoqda. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, imzolangan anglashuv memorandumlari o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan tarzda kasbga tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaydi.
Dastur fizika, matematika va informatika fanlarini chuqur o‘rganish, atom energetikasining zamonaviy texnologiyalari bilan amaliy tanishish, kasbga erta yo‘naltirish hamda qo‘shma ilmiy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishni nazarda tutadi.

O‘quvchilar mutaxassislarning ma’ruza va seminarlarida, olimpiadalar hamda kasbga yo‘naltirish uchrashuvlarida qatnashish, shuningdek, "Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filialiga o‘qishga kirish uchun maqsadli tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa litseydagi ixtisoslashtirilgan ta’limdan toki oliy ta’lim va atom sanoatidagi kasbiy faoliyatgacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim zanjirini shakllantiradi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston uchun bunday tashabbus strategik ahamiyatga ega. Yadro energetikasini rivojlantirish va milliy atom infratuzilmasini barpo etish yoshlikdanoq xavfsiz ishlash tamoyillarini, texnologik asoslarni va tinchlik maqsadidagi atom istiqbollarini anglaydigan malakali mutaxassislarni talab etadi. Atom sinflari ushbu kadrlar zaxirasini tizimli ravishda shakllantirish imkonini beradi.