“G‘oliblar bo‘lmaydi”: Putin Yevropa mamlakatlariga ogohlantirish bilan murojaat qildi

© Fotoxost-agentstvo sammita i foruma Rossiya-Afrika / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2026
Obuna bo‘lish
Moskva Yevropa bilan hech qanday urushni xohlamaydi, ammo agar biror narsa bo‘lsa - mamlakat tayyor, dedi Rossiya rahbari.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Agar Rossiya va Yevropa o‘rtasida harbiy mojaro yuz bersa, g‘oliblar bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Rossiya-Afrika forumi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Ko‘pchilik 2030-yilgacha urushga tayyorgarlik ko‘rish haqida gapirapti, bu to‘g‘ri yoki yo‘q. Birinchidan, biz tayyormiz. Lekin biz Yevropa bilan hech qanday urushni istamaymiz. Ular, agar kimdir xohlasa, tayyorlanaversin”, - dedi Rossiya rahbari.

Putin G‘arb Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish maqsadiga erisha olmaganini va 2030-yilgacha bunga erisha olmasligini ta’kidladi.
“Agar chuqurlashib ketsa, g‘oliblar umuman bo‘lmaydi. Buni hech kim unutmasin” - deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Putin Rossiya Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari saboqlarini esda tutishini va bunday holat yuz bermasligi uchun hamma narsani qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Pomoshnik prezidenta RF Yuriy Ushakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya–AQSh–Ukraina muzokaralari: Ushakov sana va Yevropa ishtiroki haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0