Ferrari va Mercedesdan o‘zib ketdi: o‘zbekistonlik poygachi Yevropani zabt etmoqda

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiyalik avtopoygachi Roman Rusinov va o‘zbekistonlik poygachi Ismoil Axmedxo‘jayev talabalar bilan uchrashish uchun Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga kelishdi.
"Rossa LM GT" poyga avtomobili 2026-yil iyul oyida Italiyaning Mudjello trassasida bo‘lib o‘tgan bahslarda mutlaq hisobda "Ferrari" va "Mercedes-AMG GT3"ni ortda qoldirdi. Mashinani rossiyalik poygachi Roman Rusinov va o‘zbekistonlik Ismoil Ahmedxo‘jayev boshqardi.
29 oktabr kuni sportchilar talabalar bilan uchrashish va poyga avtomobillarini yaratishni muhokama qilish uchun Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurishdi.
Mudjellodagi muvaffaqiyat "Rossa Racing" loyihasining Yevropadagi ilk yirik g‘alabalaridan biri bo‘ldi. Sentabr oyida poygachilar Belgiyaning Spa-Frankorsham trassasida yana bir bor o‘zlarini ko‘rsatishdi: Rusinov mutlaq hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Ahmedxo‘jayev alohida poygada o‘z sinfida birinchi bo‘ldi.
"Rossa LM GT" — Rusinov asos solgan "Rossa Cars" brendining xususiy muhandislik dasturi mahsulidir. Avtomobil karbon monokokda yig‘ilgan bo‘lib, taxminan 680 ot kuchiga ega V10 atmosfera dvigateli bilan jihozlangan va tezligini soatiga 380 km gacha oshira oladi. Poyga trassasi kompaniyaning texnik yechimlari uchun sinov poligoni vazifasini o‘taydi.
Ismoil Ahmedxo‘jayev — karting bo‘yicha ikki karra O‘zbekiston chempioni hamda "Formula 4" Yevropa seriyasida ishtirok etgan markaziy osiyolik birinchi poygachi. Bugungi kunda u xalqaro musobaqalarda "Rossa Racing" jamoasi tarkibida mamlakat sharafini himoya qilmoqda.
Ismail Axmedxodjayev viigral mejdunarodnuyu gonku v Belgii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
O‘zbekistonlik poygachi Belgiyadagi Ultimate GT Sprint Cup bosqichida g‘olib bo‘ldi
Talabalar bilan uchrashuvda Rusinov yoshlarning muhandislikka bo‘lgan qiziqishi va avtomobillarni loyihalash ishtiyoqi unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.
“Bu yerga kelganimda ko‘zlari chaqnab turgan juda ko‘p yoshlarni ko‘rdim. Ular o‘z ishlarini yoqtiradi. Ular — muhandislar va har qanday yigit orzu qiladigan ish bilan shug‘ullanishmoqda”, — dedi poygachi.
"Rossa LM GT" qanday yaratilgan, avtomobil nima hisobiga mashhur raqiblar bilan raqobatlasha oladi va jamoaning rejalari qanday? Roman Rusinov va Ismoil Ahmadxo‘jayevning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan videointervyusini tomosha qiling.
Olti yoshida karting haydashni boshlagan qiz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2026
Olti yoshida karting haydashni boshlagan qiz Formula-1 sari intilmoqda
Yangiliklar lentasi
0