https://oz.sputniknews.uz/20260919/olti-yoshida-karting-haydashni-boshlagan-qiz-formula-1-sari-intilmoqda-60563515.html
Olti yoshida karting haydashni boshlagan qiz Formula-1 sari intilmoqda
Olti yoshida karting haydashni boshlagan qiz Formula-1 sari intilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
U soatiga 120 kilometr tezlikka chiqadi, o‘g‘il bolalar bilan birga mashq qiladi va bir kun kelib F1 Academy’da ishtirok etishni orzu qiladi. 19.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-19T12:48+0500
2026-09-19T12:48+0500
2026-09-19T13:10+0500
video
sport
formula-1
xotin-qizlar
avtomobil
poyga
yoshlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/13/60564170_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_b47523d8206164b557bf81854dfeb8d0.png
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Yasmina Egamberdiyeva olti yoshida karting haydashni boshlagan. Bugun esa u xalqaro toifadagi sport ustasi va Osiyo–Tinch okeani mintaqasi nufuzli xalqaro FIA Asia Pacific Motorsport Championship chempionatining kumush medali sohibasi. Yaqinda Yasmina jamoasi bilan Rossiyada bo‘lib yangi ko‘nikmalarni o‘rgandi. Jumladan yomg‘irda karting boshqarishni. Chetdan qaragandan karting osondek, go‘yoki hamma buni uddalay oladigandek tuyuladi, lekin aslida bu oson emas, deydi Yasmina. "Bizda diqqatni jamlash, trassani eslab qolish va adashib ketmaslik, shuningdek, eng tez vaqt ichida harakatlanish kerak. Bu unchalik ham oson emas. Aynan trassada, qayerdan va qanday o‘tishimga ko‘proq diqqatimni jamlayman", - deydi Yasmina. Tezlik, yomg‘ir va keskin raqobat hukmron trassada nimalar sodir bo‘ladi, nega kartingda qizlar juda kam va uning faoliyatida otasi qanday rol o‘ynaydi — bularning barchasini lavhamizda tomosha qiling.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/13/60564170_244:0:1684:1080_1920x0_80_0_0_b6335f3de0bcc2d8068579026f3c5911.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, sport, formula-1, video, xotin-qizlar, avtomobil, poyga, yoshlar
video, sport, formula-1, video, xotin-qizlar, avtomobil, poyga, yoshlar
Olti yoshida karting haydashni boshlagan qiz Formula-1 sari intilmoqda
12:48 19.09.2026 (yangilandi: 13:10 19.09.2026) Eksklyuziv
U soatiga 120 kilometr tezlikka chiqadi, o‘g‘il bolalar bilan birga mashq qiladi va bir kun kelib F1 Academy’da ishtirok etishni orzu qiladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Yasmina Egamberdiyeva olti yoshida karting haydashni boshlagan. Bugun esa u xalqaro toifadagi sport ustasi va Osiyo–Tinch okeani mintaqasi nufuzli xalqaro FIA Asia Pacific Motorsport Championship chempionatining kumush medali sohibasi.
Hozirda uch toifada shug‘ullanyapman. Bular bizdagi 4T bo‘lib, unda men soatiga 80-90 kilometr tezlikda yuraman. Keyingisi undan ham tezroq — 100-110km. Shuningdek, oltita uzatmali toifa ham bor, u yerda 120 dan yuqori tezlikda harakatlanamiz, - deydi Yasmina.
Yaqinda Yasmina jamoasi bilan Rossiyada bo‘lib yangi ko‘nikmalarni o‘rgandi. Jumladan yomg‘irda karting boshqarishni.
Yomg‘irda haydaganingizda, yanada ko‘proq ko‘nikma paydo bo‘ladi, chunki yo‘l sirpanchiq bo‘ladi, lekin siz kartingni trassada ushlab turasiz, yo‘ldan chiqib ketmaysiz. Bu men uchun juda yangi tajriba bo‘ldi, deb hikoya qiladi poygachi qiz.
Chetdan qaragandan karting osondek, go‘yoki hamma buni uddalay oladigandek tuyuladi, lekin aslida bu oson emas, deydi Yasmina.
"Bizda diqqatni jamlash, trassani eslab qolish va adashib ketmaslik, shuningdek, eng tez vaqt ichida harakatlanish kerak. Bu unchalik ham oson emas. Aynan trassada, qayerdan va qanday o‘tishimga ko‘proq diqqatimni jamlayman", - deydi Yasmina.
Tezlik, yomg‘ir va keskin raqobat hukmron trassada nimalar sodir bo‘ladi, nega kartingda qizlar juda kam va uning faoliyatida otasi qanday rol o‘ynaydi — bularning barchasini lavhamizda tomosha qiling.