Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda milliy valyutalardagi hisob-kitoblar ulushi 93,5 foizgacha oshdi

© Press-slujba YeIKFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2026
Obuna bo‘lish
Ittifoqda joriy yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga o‘sib, qariyb 106 mlrd dollarini tashkil etishi kutilyapti.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Tovarlar va xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarda 2025-yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari valyutalaridagi to‘lovlar ulushi 93,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Belarus Milliy banki boshqaruvi raisi Roman Golovchenko YeOIIga a’zo davlatlar markaziy (milliy) banklarining Valyuta siyosati bo‘yicha maslahat kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Milliy valyutalardagi hisob-kitoblar qismida ularning barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Tovarlar va xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarda YeOII mamlakatlari valyutasidagi to‘lovlar ulushi 93,5 foizni tashkil etdi”, - dedi Golovchenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 8 oyida YeOII mamlakatlarining o‘zaro savdo hajmi 67,6 mlrd dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,5 foizga oshdi.
Prognozlarga ko‘ra, joriy yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga o‘sib, qariyb 106 mlrd dollarini tashkil etadi.
“O‘zaro savdoning bunday sur’ati YeOII mamlakatlari iqtisodiyotining, jumladan, tashqi bosimga chidamliligini va integratsiya aloqalarining zarurligini tasdiqlaydi”, - deya tushuntirdi Belarus Milliy banki raisi.
Yig‘ilish ishtirokchilari YeOII davlatlaridagi joriy iqtisodiy vaziyat, pul-kredit siyosatining amalga oshirilish jarayonini muhokama qildi hamda noqonuniy to‘lov operatsiyalariga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashdi.
Shuningdek, YeOII mamlakatlari markaziy banklarining raqamli valyutalaridan foydalanish tajribasi va ularni joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqilib, virtual aktivlarni tartibga solish masalalari muhokama qilindi.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Vstrecha Vladimira Putina s rukovoditelyami regionalnix organizatsiy Afriki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIning Afrika bilan savdosi 10-yilda ikki baravardan ziyodga oshdi
Yangiliklar lentasi
0