Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIning Afrika bilan savdosi 10-yilda ikki baravardan ziyodga oshdi

© Press-slujba YeEK Vstrecha Vladimira Putina s rukovoditelyami regionalnix organizatsiy Afriki
Vstrecha Vladimira Putina s rukovoditelyami regionalnix organizatsiy Afriki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Obuna bo‘lish
47 ta Afrika davlati tarif imtiyozlaridan foydalanmoqda.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) Afrika mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2015–2025 yillarda ikki barobardan ziyod o‘sib, 25 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjan Sagintayev ma’lum qildi.
U 28-oktabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Afrika mintaqaviy tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvida ishtirok etdi.
© Press-slujba YeEK Vstrecha Vladimira Putina s rukovoditelyami regionalnix organizatsiy Afriki
Vstrecha Vladimira Putina s rukovoditelyami regionalnix organizatsiy Afriki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Vstrecha Vladimira Putina s rukovoditelyami regionalnix organizatsiy Afriki
Sagintayevning ta’kidlashicha, 2026-yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi qariyb 17 mlrd dollarni tashkil etib, 9 foizga o‘sgan.
Hozirda Afrikaning 47 ta mamlakati YeOIIning yagona tarif imtiyozlari tizimidan foydalanmoqda. Ushbu mexanizm afrikalik eksportchilarga Ittifoq bozoriga ayrim tovarlarni imtiyozli bojxona stavkalari asosida yetkazib berish imkonini beradi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Afrika Ittifoqi komissiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi yangi memorandum loyihasini kelishmoqda. Shuningdek, qit’aning boshqa iqtisodiy birlashmalari bilan ham aloqalarni kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.
YeIK sanoat kooperatsiyasi, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, texnik tartibga solish, transport logistikasi va raqamlashtirishni hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilagan.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida Sagintayev Afrika Ittifoqi Komissiyasi doirasida YeOII kunlarini o‘tkazishni taklif qildi.

Mazkur tadbirda Ittifoqning yagona bozori imkoniyatlari, sanoat va savdo sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini namoyish etish ko‘zda tutilmoqda. Tashabbus hozircha taklif bosqichida.
Ma’lumot uchun, YeIK va Afrika Ittifoqi Komissiyasi o‘rtasidagi ilk hamkorlik memorandumi 2019-yilda imzolangan.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0