Elektr va gaz iste’moli uchun kompensatsiya to‘lash muddati 2028-yil apreligacha uzaytirildi

© Sputnik / Baxrom XatamovSokrashenie bednosti
Sokrashenie bednosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2026
Obuna bo‘lish
Elektr va gaz uchun kompensatsiya olishda daromad mezoni ham oshirildi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy meyor doirasidagi tariflar bilan bazaviy meyordan ortiq iste’mol uchun belgilangan tariflar o‘rtasidagi farqni kompensatsiya qilish muddati 2028-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi. Bu prezident imzolagan farmonda ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, ko‘mir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam to‘lash muddati esa 2029-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.
Hujjat bilan oilalarning ehtiyojmandligini aniqlashda oiladagi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad mezoni ham oshiriladi.
Xususan:
elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha kompensatsiya tayinlashda — minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 baravaridan 2 baravarigacha (1,072 mlndan 1,43 mln so‘mgacha);
ko‘mir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratishda — minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 2 baravarigacha (715 mingdan 1,43 mln so‘mgacha);
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan kommunal xarajatlarni qoplash, kommunal to‘lovlar bo‘yicha mavjud qarzdorlikni bartaraf etish, shuningdek, ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashda — minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 2 baravarigacha oshiriladi (715 mingdan 1,43 mln so‘mgacha).
Uzbekskiy sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2026
Isitish mavsumida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan beriladi
Yangiliklar lentasi
0