https://oz.sputniknews.uz/20261014/isitish-issiq-suv-tariflari-61166667.html
O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin
O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflarini 2026-yil 1-noyabrdan oshirishni taklif qildi. Toshkentda xizmatlar narxi 30 foizga ko‘tarilishi mumkin: isitish — bir kvadrat metr uchun sutkasiga 314 so‘mgacha, issiq suv esa bir kub metr uchun 11 607 so‘mgacha.
2026-10-14T10:01+0500
2026-10-14T10:01+0500
2026-10-14T10:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
isitish tizimi
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33763514_0:210:3072:1938_1920x0_80_0_0_071aed4ac7f5d63420466f87ecb93963.jpg
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda aholi uchun isitish va issiq suv ta’minoti tariflarini 2026-yil 1-noyabrdan oshirish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan.Shu bilan birga, 2028-yil 1-yanvardan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining takliflariga asosan aholiga ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borish ko‘zda tutilmoqda.Loyihaga ko‘ra, 1-noyabrdan "Veolia Energy Tashkent" iste’molchilari uchun QQS bilan quyidagi tariflar taklif etilmoqda:Umumiy dushxonali yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv tarifi bir kishi uchun oyiga 33 720 so‘m etib belgilanishi taklif qilinmoqda. Bu oshiruvchi koeffitsiyentsiz tarifga nisbatan 30 foizga ko‘p.Toshkentda tariflar so‘nggi marta 2025-yil 12-noyabrda oshirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261014/ehtiyojmand-oilalar-61165870.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33763514_366:170:2786:1985_1920x0_80_0_0_2946238ac52f5b4a13f6dacec52ab198.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, isitish tizimi, suv
jamiyat, o‘zbekiston, isitish tizimi, suv
O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin
Toshkentda xizmatlar narxi 30 foizga ko‘tarilishi mumkin.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda aholi uchun isitish va issiq suv ta’minoti tariflarini 2026-yil 1-noyabrdan oshirish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida
nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, 2028-yil 1-yanvardan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining takliflariga asosan aholiga ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borish ko‘zda tutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, 1-noyabrdan "Veolia Energy Tashkent" iste’molchilari uchun QQS bilan quyidagi tariflar taklif etilmoqda:
Issiqlik energiyasi — 1 Gkal uchun 203 636 so‘m (30 foizga oshadi; hozir — 156 643 so‘m).
Isitish — isitiladigan maydonning 1 kv. metri uchun sutkasiga 314 so‘m (30 foizga oshadi; hozir — 241,44 so‘m).
Hisoblagich bo‘yicha issiq suv — 1 kub metr uchun 11 607 so‘m (30 foizga oshadi; hozir — 8 928,67 so‘m).
Hisoblagichsiz issiq suv — bir kishi uchun oyiga 45 330 so‘m (amaldagi tarifga nisbatan 30 foizga oshadi; 1,5 oshiruvchi koeffitsiyent hisobga olinmagan).
Umumiy dushxonali yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv tarifi bir kishi uchun oyiga 33 720 so‘m etib belgilanishi taklif qilinmoqda. Bu oshiruvchi koeffitsiyentsiz tarifga nisbatan 30 foizga ko‘p.
Toshkentda tariflar so‘nggi marta 2025-yil 12-noyabrda oshirilgan.