Toshkentda renovatsiya: 549 ta xonadonli eski uylar buzilib, aholiga yangi xonadonlar beriladi

© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaStroyashiysya jiloy kompleks v Mirabadskom rayone
Stroyashiysya jiloy kompleks v Mirabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Mirobod tumanida 549 ta xonadondan iborat 58 ta eski uyni buzish rejalashtirilgan. Aholiga pul emas, yangi xonadon beriladi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Toshkentning Mirobod tumanidagi A. Fitrat nomli mahallada renovatsiya loyihasi doirasida 549 ta xonadondan iborat 58 ta ikki qavatli uyni buzish rejalashtirilgan. Shuningdek, 1 ta yotoqxona, 1 ta yer uchastkali hovli va 23 ta noturar joy obyekti ham renovatsiya hududiga kiritilgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu obyektlar 1950-yillarda qurilgan. Kadastr ma’lumotlariga ko‘ra, uylar allaqachon yashash uchun yaroqsiz holga kelgan.
© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaDoma, popadayushie pod renovatsiyu v Mirabadskom rayone
Doma, popadayushie pod renovatsiyu v Mirabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Doma, popadayushie pod renovatsiyu v Mirabadskom rayone
Mahalla aholisi ham elektr ta’minoti, quvurlar va kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammolar mavjudligini tasdiqlamoqda. Mirobod tumani hokimligi va boshqaruv kompaniyalari uylarni ta’mirlash orqali vaziyatni yaxshilashga uringan, biroq mavjud muammolarni to‘liq bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan.

“Renovatsiya 12,5 gektar maydonni qamrab oladi. Biz ushbu hudud doirasida ish olib borapmiz. Birinchi uchastkada 30 nafar xonadon egasi bilan notarial kelishuvlar imzolandi, qolganlar bilan muzokaralar davom etmoqda”, — dedi "Tashkent Invest" vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaDoma, popadayushie pod renovatsiyu v maxalle im. A. Fitrata, Mirabadskiy rayon, g. Tashkent
Doma, popadayushie pod renovatsiyu v maxalle im. A. Fitrata, Mirabadskiy rayon, g. Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Doma, popadayushie pod renovatsiyu v maxalle im. A. Fitrata, Mirabadskiy rayon, g. Tashkent
Uning ta’kidlashicha, ayrim mulkdorlar bilan kelishuvga erishishga hujjatlar bilan bog‘liq muammolar to‘sqinlik qilmoqda. Masalan, xonadon vafot etgan qarindosh nomida rasmiylashtirilgan, biroq meros huquqi hali tasdiqlanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda notarial kelishuv tuzishning imkoni yo‘q. Shu bois kompaniya vakillari aholiga meros masalalarini hal qilish hamda kadastr hujjatlaridagi xatolarni tuzatishda ko‘maklashmoqda.
Loyiha tashkilotchilari yangi xonadonlarning maydoni avvalgi uy-joylarnikidan kam bo‘lmasligini va’da qilmoqda. Mavjud xonadonlarning maydoni mustaqil baholash tashkilotlari tomonidan o‘lchanadi. Agar mulkdor kattaroq xonadon olishni istasa, qo‘shimcha kvadrat metrlar uchun imtiyozli narxda to‘lov qilishi mumkin.
Loyiha tashkilotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, aholiga taklif etilayotgan yangi uylardagi xonadonlarning har kvadrat metri odatdagi narxdan o‘rtacha 200–300 dollarga arzonroq bo‘ladi.
Aholini yangi uylar tayyor bo‘lishiga qarab bosqichma-bosqich ko‘chirish rejalashtirilgan. “Bolgar polizlari” nomi bilan tanilgan ushbu mavzedagi mulkdorlarga qurilayotgan to‘rtta turar joy majmuasidan birini tanlash imkoniyati berilmoqda.
Taklif etilayotgan variantlar orasida Mirobod tumanida, eski uylar joylashgan hududdan taxminan bir kilometr uzoqlikdagi, shuningdek, Sergeli tumanining “Yangi O‘zbekiston” massividagi turar joy majmualari bor.
“O‘zimiz tanlashimiz uchun ikki-uchta joyni ko‘rsatishdi. O‘g‘lim bilan bordik, u o‘ziga alohida, biz esa o‘zimizga alohida tanladik”, — deydi mahalla ayollaridan biri.
© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaJiloy kompleks v Sergeliyskom rayone, massiv "Noviy Uzbekistan"
Jiloy kompleks v Sergeliyskom rayone, massiv Noviy Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Jiloy kompleks v Sergeliyskom rayone, massiv "Noviy Uzbekistan"
Buziladigan uylar o‘rnida nima quriladi?
Tashkent Invest vakillarining ma’lum qilishicha, hozirda hududning bosh rejasi (master-plan) ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, bo‘shaydigan maydonda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, jumladan, maktab, yashil hududlar va biznes markazlari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Mirobod tumani hokimligi vakillari esa renovatsiya doirasida uy-joyidan ko‘chiriladigan aholiga pul kompensatsiyasi emas, balki yangi qurilgan uylardan xonadonlar berilishini ta’kidladi.
Ularning tushuntirishicha, bunday yondashuv aholi olingan kompensatsiya pulini boshqa ehtiyojlarga sarflab, oqibatda uy-joysiz qolishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olishga qaratilgan. Shu sababli loyihada pul shaklida kompensatsiya to‘lash nazarda tutilmagan.
Toshkent Invest

Ma’lumot uchun: “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ 2023-yilda prezident farmoni asosida Toshkent shahar hokimligi muassisligida tashkil etilgan. Kompaniya poytaxtda investitsiya, qurilish, renovatsiya va infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadi.

KengaytirishYig‘ishtirish
V Tashkente nachalos stroitelstvo 12 shkol i v ramkax renovatsii vidani novie kvartiri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Toshkentda 12 ta maktab qurilishi boshlandi, renovatsiya bo‘yicha yangi kvartiralar berildi
Yangiliklar lentasi
0