https://oz.sputniknews.uz/20260930/tashkent-maktab-qurilish-renovatsiya-60843854.html
Toshkentda 12 ta maktab qurilishi boshlandi, renovatsiya bo‘yicha yangi kvartiralar berildi
Toshkentda 12 ta maktab qurilishi boshlandi, renovatsiya bo‘yicha yangi kvartiralar berildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 18 ming o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 12 ta yangi maktab qurilishi boshlandi. Ularni sakkiz oyda bitkazish rejalashtirilgan. Renovatsiya doirasida 40 dan ortiq fuqaroga yangi xonadon kalitlari ham topshirildi.
2026-09-30T12:05+0500
2026-09-30T12:05+0500
2026-09-30T12:18+0500
maktab
qurilish
toshkent
poytaxt
jamiyat
o‘quvchilar
yangi o‘zbekiston
shavkat umurzoqov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1e/60843679_0:6:1281:726_1920x0_80_0_0_c1bf004f0b5aa21f36dc7c6280fc558c.jpg
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentda 18 ming o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 12 ta yangi maktab qurilishi boshlandi. Shuningdek, renovatsiya dasturi doirasida ko‘chirilgan 40 dan ortiq fuqaroga yangi xonadon kalitlari topshirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.Yangi maktablar Toshkentning turli tumanlarida xalqaro hamkor bilan birgalikda quriladi. Ular uch xil loyiha asosida barpo etilib, har biri 1500 dan 2000 nafargacha o‘quvchini qabul qiladi.Shu kuni "Yangi O‘zbekiston" massivida yangi turar-joy majmuasi ham ochildi. Renovatsiya dasturi doirasida ko‘chirilgan 40 nafardan ortiq fuqaroga yangi kvartiralar kaliti topshirildi.Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Yashnobod tumanidagi 67 ta mahalla faollari bilan ham uchrashdi. Muloqot davomida infratuzilma, davolanish, oliy ta’lim uchun to‘lov, tadbirkorlik va maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘ndan ortiq masala uchrashuvning o‘zida hal etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260928/forish-atom-shaharcha-60795924.html
yangi o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1e/60843679_152:0:1127:731_1920x0_80_0_0_c1e7b04355caf9e04706cdda91c9cb45.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
maktab, qurilish, toshkent, poytaxt, jamiyat, o‘quvchilar, yangi o‘zbekiston, shavkat umurzoqov
maktab, qurilish, toshkent, poytaxt, jamiyat, o‘quvchilar, yangi o‘zbekiston, shavkat umurzoqov
Toshkentda 12 ta maktab qurilishi boshlandi, renovatsiya bo‘yicha yangi kvartiralar berildi
12:05 30.09.2026 (yangilandi: 12:18 30.09.2026) Toshkentda 18 ming o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 12 ta yangi maktab qurilishi boshlandi va 8 oyda tugatish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentda 18 ming o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 12 ta yangi maktab qurilishi boshlandi. Shuningdek, renovatsiya dasturi doirasida ko‘chirilgan 40 dan ortiq fuqaroga yangi xonadon kalitlari topshirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha
ma’lum qildi.
Yangi maktablar Toshkentning turli tumanlarida xalqaro hamkor bilan birgalikda quriladi. Ular uch xil loyiha asosida barpo etilib, har biri 1500 dan 2000 nafargacha o‘quvchini qabul qiladi.
Loyiha doirasida jami 18 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Qurilish ishlarini sakkiz oyda yakunlash va maktablarni kelgusi o‘quv yili boshida ochish rejalashtirilgan.
Shu kuni "Yangi O‘zbekiston" massivida yangi turar-joy majmuasi ham ochildi. Renovatsiya dasturi doirasida ko‘chirilgan 40 nafardan ortiq fuqaroga yangi kvartiralar kaliti topshirildi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Yashnobod tumanidagi 67 ta mahalla faollari bilan ham uchrashdi. Muloqot davomida infratuzilma, davolanish, oliy ta’lim uchun to‘lov, tadbirkorlik va maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘ndan ortiq masala uchrashuvning o‘zida hal etildi.