https://oz.sputniknews.uz/20261027/putin-finland-norway-ukraine-muhokama-61535398.html
Putin Finlyandiya va Norvegiya rahbarlari bilan Ukrainada tinchlik shartlarini muhokama qildi
Putin Finlyandiya va Norvegiya rahbarlari bilan Ukrainada tinchlik shartlarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Putin Finlyandiya va Norvegiya rahbarlari bilan Ukrainada tinchlik o‘rnatish shartlari va Abu-Dabi muzokaralarini muhokama qildi. Kreml suhbat tafsilotlarini ochiqlab, tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishganini bildirdi.
2026-10-27T16:03+0500
2026-10-27T16:03+0500
2026-10-27T16:05+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir putin
dunyo yangiliklari
dunyoda
telefon suhbati
muzokaralar
norvegiya
finlyandiya
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61535224_0:0:1120:630_1920x0_80_0_0_7ea906e8f58706a75116cf58fb319c1c.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store bilan Ukrainadagi mojaroni hal etish hamda Abu-Dabida bo‘lajak uch tomonlama muzokaralarni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.Telefon suhbati Finlyandiya va Norvegiya tomonining iltimosiga ko‘ra bo‘lib o‘tdi.Suhbatdoshlar noyabrning birinchi yarmida Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarni qayta tiklash bo‘yicha kelishuvni olqishladi. Unda jangovar harakatlar yakunlanganidan keyin Rossiya va Ukraina xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Putin Ukrainadagi vaziyat va mojaroning tub sabablari haqidagi Rossiya pozitsiyasini bayon qildi. Rossiya prezidenti Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlarining siyosatini ham tanqid qilib, ularni jangovar harakatlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri sifatida ko‘rsatdi.Muloqotda Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropa mintaqasidagi xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Stubb va Store xalqaro dengiz huquqi hamda kema qatnovi erkinligiga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.Putin AQSh vositachiligida Xerson viloyatining Aloshki shahrida gumanitar operatsiya boshlangani va shu maqsadda vaqtinchalik sukunat rejimi joriy etilgani haqida ham ma’lumot berdi.Finlyandiya prezidenti devoni va Norvegiya hukumatining bildirishicha, suhbat Ukraina bilan maslahatlashilgan holda o‘tkazilgan. Stubb va Store mojaroni tugatish uchun bevosita muloqot zarurligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261022/ukraine-mojaro-yakun-61392187.html
norvegiya
finlyandiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61535224_280:0:1120:630_1920x0_80_0_0_22a1929466e46b351c7c32bebd416e68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, dunyo yangiliklari, dunyoda, telefon suhbati, muzokaralar, norvegiya, finlyandiya, ukraina, rossiya
vladimir putin, dunyo yangiliklari, dunyoda, telefon suhbati, muzokaralar, norvegiya, finlyandiya, ukraina, rossiya
Putin Finlyandiya va Norvegiya rahbarlari bilan Ukrainada tinchlik shartlarini muhokama qildi
16:03 27.10.2026 (yangilandi: 16:05 27.10.2026) Finlyandiya va Norvegiya rahbarlari Putin bilan bog‘lanib, Ukrainada tinchlik o‘rnatish va Abu-Dabidagi muzokaralar haqida gaplashdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store bilan Ukrainadagi mojaroni hal etish hamda Abu-Dabida bo‘lajak uch tomonlama muzokaralarni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati
xabar berdi.
Telefon suhbati Finlyandiya va Norvegiya tomonining iltimosiga ko‘ra bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Putinning 21-oktabrda AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Sankt-Peterburgdagi muzokaralari, shuningdek, Stubb va Storening Osloda Uitkoff hamda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi natijalarini muhokama qildi.
Suhbatdoshlar noyabrning birinchi yarmida Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarni qayta tiklash bo‘yicha kelishuvni olqishladi. Unda jangovar harakatlar yakunlanganidan keyin Rossiya va Ukraina xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Putin Ukrainadagi vaziyat va mojaroning tub sabablari haqidagi Rossiya pozitsiyasini bayon qildi.
U adolatli va uzoq muddatli tinchlikka faqat Rossiyaning qonuniy manfaatlari to‘liq hisobga olingan taqdirda erishish mumkinligini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlarining siyosatini ham tanqid qilib, ularni jangovar harakatlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri sifatida ko‘rsatdi.
Muloqotda Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropa mintaqasidagi xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Stubb va Store xalqaro dengiz huquqi hamda kema qatnovi erkinligiga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.
Putin AQSh vositachiligida Xerson viloyatining Aloshki shahrida gumanitar operatsiya boshlangani va shu maqsadda vaqtinchalik sukunat rejimi joriy etilgani haqida ham ma’lumot berdi.
Uchala rahbar telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni davom ettirishga kelishdi.
Finlyandiya prezidenti devoni va Norvegiya hukumatining bildirishicha, suhbat Ukraina bilan maslahatlashilgan holda o‘tkazilgan. Stubb va Store mojaroni tugatish uchun bevosita muloqot zarurligini ta’kidladi.