https://oz.sputniknews.uz/20261029/ft-yolgon-malumot-61594059.html
Norvegiya bosh vaziri FTni Putin bilan suhbat haqida yolg‘on ma’lumot berishda aybladi
Norvegiya bosh vaziri FTni Putin bilan suhbat haqida yolg‘on ma’lumot berishda aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store Financial Timesning Putin bilan telefon suhbati haqidagi ma’lumotlarini yolg‘on deb atadi. Finlyandiya va Norvegiya gazetadan tuzatish kiritishni so‘ragan, biroq FT bu talabni rad etgan.
2026-10-29T14:48+0500
2026-10-29T14:48+0500
2026-10-29T14:48+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
yolg‘on axborot
feyk xabar
finlyandiya
vladimir putin
norvegiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/19/29455820_0:0:2767:1557_1920x0_80_0_0_bd6bfd4df851cf6fb2959fabc6481625.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store "Financial Times" (FT) gazetasining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati haqidagi ma’lumotlarini yolg‘on deb atadi va nashrdan ularni tuzatishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Gap 27-oktabr kuni Putin, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Store o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti haqida ketmoqda.Nashr 28-oktabrda e’lon qilgan maqolasida uchta manbaga tayanib, Putin 90 daqiqalik suhbatning katta qismini o‘rta asrlardagi slavanlar tarixi haqida hikoya qilishga sarflaganini yozgan. Nashrga ko‘ra, shu sababli Ukrainadagi mojaroni hal etish masalalari, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatlarini muhokama qilishga kam vaqt qolgan.Biroq suhbatda bevosita ishtirok etgan Norvegiya bosh vaziri bu ma’lumotlarni rad etdi.Bosh vazirning tushuntirishicha, Putin suhbat davomida Yevropadagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirgan hamda 2014-yildan hozirgi kungacha sodir bo‘lgan voqealarni sharhlagan.Store TV 2 telekanaliga bergan izohida Putin suhbat davomida asosan o‘zi gapirgani haqidagi iddaolarga ham qo‘shilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlarga o‘z fikrlarini bildirish uchun taxminan teng vaqt ajratilgan.FT bilan bog‘langan Norvegiyaning VG nashriga ko‘ra, ular Norvegiya bosh vazirining iltimosini bajarishdan bosh tortgan.Eslatib o‘tamiz, Putin, Stubb va Store o‘rtasidagi telefon suhbati 27-oktabrda Finlyandiya va Norvegiya tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261027/putin-finland-norway-ukraine-muhokama-61535398.html
finlyandiya
norvegiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/19/29455820_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_57593e1a43eddb0d28d4031310e3e89a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, yolg‘on axborot, feyk xabar, finlyandiya, vladimir putin, norvegiya, rossiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, yolg‘on axborot, feyk xabar, finlyandiya, vladimir putin, norvegiya, rossiya
Norvegiya bosh vaziri FTni Putin bilan suhbat haqida yolg‘on ma’lumot berishda aybladi
Finlyandiya har ikki davlat nomidan nashr bilan bog‘lanib, maqolaga tuzatish kiritishni so‘ragan
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store "Financial Times" (FT) gazetasining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati haqidagi ma’lumotlarini yolg‘on deb atadi va nashrdan ularni tuzatishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Gap 27-oktabr kuni Putin, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Store o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti haqida ketmoqda.
Nashr 28-oktabrda e’lon qilgan maqolasida uchta manbaga tayanib, Putin 90 daqiqalik suhbatning katta qismini o‘rta asrlardagi slavanlar tarixi haqida hikoya qilishga sarflaganini yozgan. Nashrga ko‘ra, shu sababli Ukrainadagi mojaroni hal etish masalalari, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatlarini muhokama qilishga kam vaqt qolgan.
Biroq suhbatda bevosita ishtirok etgan Norvegiya bosh vaziri bu ma’lumotlarni rad etdi.
“Biz "Financial Times"dan bu ma’lumotni tuzatishni so‘radik, chunki bu haqiqat emas. Ular buni tuzatadi, chunki suhbatda biz ishtirok etganmiz”, — dedi Store jurnalistlarga.
Bosh vazirning tushuntirishicha, Putin suhbat davomida Yevropadagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirgan hamda 2014-yildan hozirgi kungacha sodir bo‘lgan voqealarni sharhlagan.
Store TV 2 telekanaliga bergan izohida Putin suhbat davomida asosan o‘zi gapirgani haqidagi iddaolarga ham qo‘shilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlarga o‘z fikrlarini bildirish uchun taxminan teng vaqt ajratilgan.
Norvegiya bosh vaziri devonining davlat kotibi Bxanuja Rasianing VG nashriga ma’lum qilishicha, Finlyandiya ikki mamlakat nomidan "Financial Times" bilan bog‘lanib, maqolaga tuzatish kiritishni so‘ragan.
FT bilan bog‘langan Norvegiyaning VG nashriga ko‘ra, ular Norvegiya bosh vazirining iltimosini bajarishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, Putin, Stubb va Store o‘rtasidagi telefon suhbati 27-oktabrda Finlyandiya va Norvegiya tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.