Kambag‘allik 3,6 foizga tushdi, 824 ming kishi ishga joylashtirildi — 9 oylik natijalar

© SputnikPress-konferensiya Ministerstva zanyatosti i sokrasheniya bednosti
Press-konferensiya Ministerstva zanyatosti i sokrasheniya bednosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2026
Obuna bo‘lish
2026 yilning 9 oyida 4,1 mln kishining daromadini oshirishga ko‘maklashildi. Kambag‘allikdan xoli mahallalar soni 3 627 taga yetdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 824 ming kishi doimiy ishga joylashtirilib, 4,1 mln nafar aholining daromadlarini oshirishga ko‘maklashildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 5,8 foizdan 3,6 foizga pasaydi, mamlakatda kambag‘allikdan xoli mahallalar soni 1 435 tadan 3 627 taga yetgan.
"Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan 429 mingta oilaga daromadlarini oshirishga qaratilgan 581 mingta xizmat ko‘rsatilgan. Daromadi oshgan 440 mingta oila esa reyestrdan chiqarilgan.
Hisobot davrida 980 ming kishining norasmiy bandligi rasmiylashtirilgan. Kasbga o‘qitish dasturlariga 96,4 ming nafar fuqaro jalb qilingan. O‘qishni tamomlagan 59,2 ming kishining qariyb 45 ming nafari ish bilan ta’minlangan.
Shuningdek, vaucher tizimi orqali qariyb 130 ming kishiga vaucher ajratilgan. Ularning 95 mingdan ortig‘i o‘qishga jalb qilinib, dasturni tamomlagan 56,5 ming kishining 43 mingdan ortig‘i ishga joylashtirilgan.
35 ming xodimning 832 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi undirildi
Matbuot anjumanida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha nazorat natijalari ham ma’lum qilindi.
Xususan, Davlat mehnat inspeksiyasi to‘qqiz oyda 15,1 mingta nazorat tadbiri o‘tkazib, 36,1 mingta qonunbuzilish holatini aniqlagan.
Inspeksiya aralashuvi bilan qariyb 35 ming nafar xodimga 832,1 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi undirib berilgan. Shuningdek, 4 467 nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklangan.
Ish haqi bo‘yicha sudlarga kiritilgan da’volar asosida qariyb 29,5 mlrd so‘m undirilgan. Sud qarorlari bilan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 158 nafar fuqaro ishga tiklangan.
Hisobot davrida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 692 ta baxtsiz hodisa maxsus tekshirilgan. Ularda 758 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 205 nafari vafot etgan.
Baxtsiz hodisalar yuzasidan sud qarorlari asosida 16 mlrd so‘mdan ortiq tovon puli undirilgan.
Bundan tashqari, 47 ta majburiy mehnat holati aniqlanib, aybdor mansabdor shaxslarga jami 1,5 mlrd so‘m jarima qo‘llanilgan.
Subsidiya va ssudalar
"Onlayn mahalla" elektron platformasi orqali 7 730 ta subsidiya va 8 835 ta ssuda arizasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan.
Natijada 64,1 mlrd so‘m subsidiya va 79,8 mlrd so‘m ssuda ajratilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan subsidiyalar hajmi 58,4 foizga, ssudalar esa 31,4 foizga oshgan.
Shuningdek, to‘qqiz oyda vazirlik va uning tizim tashkilotlariga 63 315 ta murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 756 taga kam.
Murojaatlarning 71 foizi qanoatlantirilgan, 28 foizi esa huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan.
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po voprosam sokrasheniya bednosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2026
Kredit, subsidiya va garovsiz mablag‘: endi qarorni tuman shtabi qabul qiladi
Yangiliklar lentasi
0