Futbol: Karpin O‘zbekiston — Rossiya o‘yiniga eng yaxshi to‘purarni chaqirmadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishIgroki sbornoy Rossii po futbolu. Arxivnoe foto
Igroki sbornoy Rossii po futbolu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun Rossiya termasining 36 nafar futbolchidan iborat ro‘yxati e’lon qilindi. RPL to‘purari Glushenkov unda yo‘q
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya futbol ittifoqi O‘zbekiston va Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. 36 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatga Rossiya Premyer-ligasi (RPL)ning eng yaxshi to‘purari Maksim Glushenkov kiritilmadi.
RIA Novostiga "Zenit" klubidagi manbaning xabar berishicha, bosh murabbiy Valeriy Karpin futbolchining oktabr oyidagi o‘yinlaridan norozi bo‘lgan.
"Hozir Karpin noyabrdagi o‘yinlarni RPLning eng yaxshi to‘purarisiz o‘tkazishga qaror qildi. Bu bosh murabbiyning huquqi. Karpin oktabr oyidagi o‘yinlarda Glushenkovning o‘yinidan norozi edi", — degan agentlik suhbatdoshi.
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishFutbol. Rossiya – Namibiya. Arxivnoe foto
Futbol. Rossiya – Namibiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Futbol. Rossiya – Namibiya. Arxivnoe foto
Biroq futbolchining chaqirilmagani haqida boshqa ma’lumotlar ham tarqaldi. "Sport-Ekspress" buni intizomiy sabablar bilan bog‘lagan bo‘lsa, "Chempionat" Glushenkovning o‘zi terma jamoaga borishni istamaganini xabar qildi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsumda RPLda 10 ta gol urib, chempionat to‘purarlari ro‘yxati peshqadami bo‘lib turibdi. Uning hisobida ikkita golli uzatma ham bor.
Rossiya termasining kengaytirilgan tarkibidan Matvey Safonov ("PSJ"), Aleksandr Golovin ("Monako"), Arsen Zaxaran ("Real Sosyedad"), Aleksey Batrakov ("Galatasaray") va boshqa futbolchilar o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 12-noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Trener futbolnoy shkoli Pakhtakor Kids, bivshiy igrok sbornoy Abdukaxxor Xodjiakbarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Rossiya bilan o‘yin O‘zbekiston nimaga qodirligini ko‘rsatadi — Hojiakbarov
Yangiliklar lentasi
0