https://oz.sputniknews.uz/20261021/russia-uzbekistan-oyin-61382852.html
Rossiya bilan o‘yin O‘zbekiston nimaga qodirligini ko‘rsatadi — Hojiakbarov
Rossiya bilan o‘yin O‘zbekiston nimaga qodirligini ko‘rsatadi — Hojiakbarov
Sputnik O‘zbekiston
12 noyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya termalari o‘ynaydi. Sobiq futbolchi Abduqahhor Hojiakbarov Sputnik O‘zbekistonga jamoaning tayyorgarligi, raqibning imkoniyatlari va g‘alabadan tashqari qaysi jihatlar muhimligi haqida so‘zlab berdi
2026-10-21T17:27+0500
2026-10-21T17:27+0500
2026-10-21T17:27+0500
futbol
sport
o‘zbekiston
paxtakor
murabbiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/15/61381312_0:0:2243:1262_1920x0_80_0_0_e5c6fad8fbc899385c4c8ca58c49738f.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalarining 12-noyabrdagi uchrashuvi futbolchilar uchun o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish va keyingi musobaqalarga tayyorgarlikni baholash imkoniyati bo‘ladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Pakhtakor Kids futbol maktabi murabbiyi, milliy terma jamoaning sobiq o‘yinchisi Abduqahhor Hojiakbarov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlarda nafaqat natija, balki o‘yin sifati ham muhim. Xususan, to‘pni nazorat qilish, futbolchilarning o‘zaro hamjihatligi, himoyadan hujumga tez o‘tish va pressing ostida harakat qilish mahoratiga e’tibor qaratish lozim.Uning ta’kidlashicha, o‘rtoqlik uchrashuvlari murabbiylar shtabiga turli taktik qarorlarni sinab ko‘rish va qaysi jihatlar ustida yana ishlash kerakligini aniqlashga yordam beradi. To‘g‘ri xulosa chiqarilsa, hatto mag‘lubiyat ham jamoaga foyda keltirishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari 12-noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ikki jamoa 2022-yil 20-noyabrda ham shu stadionda to‘qnash kelgan. O‘shanda bahs 0:0 hisobida yakunlangan edi.Abduqahhor Hojiakbarov — O‘zbekiston Oliy ligasining ikki karra chempioni va mamlakat Kubogi sohibi. U "OKMK", "Bunyodkor" klublari hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida to‘p surgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261020/russia-uzbekistan-oyin-61345903.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/15/61381312_0:0:2243:1682_1920x0_80_0_0_df5fb27c4d39a51d1f7face4feedb923.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol, sport, o‘zbekiston, paxtakor, murabbiy
futbol, sport, o‘zbekiston, paxtakor, murabbiy
Rossiya bilan o‘yin O‘zbekiston nimaga qodirligini ko‘rsatadi — Hojiakbarov
Eksklyuziv
Rossiyaga qarshi o‘yin O‘zbekiston termasining kuchli va zaif jihatlarini aniqlash, jamoaning keyingi musobaqalarga tayyorgarligini baholash imkonini beradi, dedi murabbiy
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalarining 12-noyabrdagi uchrashuvi futbolchilar uchun o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish va keyingi musobaqalarga tayyorgarlikni baholash imkoniyati bo‘ladi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Pakhtakor Kids futbol maktabi murabbiyi, milliy terma jamoaning sobiq o‘yinchisi Abduqahhor Hojiakbarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlarda nafaqat natija, balki o‘yin sifati ham muhim. Xususan, to‘pni nazorat qilish, futbolchilarning o‘zaro hamjihatligi, himoyadan hujumga tez o‘tish va pressing ostida harakat qilish mahoratiga e’tibor qaratish lozim.
"Rossiya — yaxshi futbolchilarga va o‘z o‘yin uslubiga ega bo‘lgan jiddiy hamda munosib raqib. Bunday jamoalarga qarshi uchrashuvlar jamoamizning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rib olish imkonini beradi", — dedi Hojiakbarov.
Uning ta’kidlashicha, o‘rtoqlik uchrashuvlari murabbiylar shtabiga turli taktik qarorlarni sinab ko‘rish va qaysi jihatlar ustida yana ishlash kerakligini aniqlashga yordam beradi. To‘g‘ri xulosa chiqarilsa, hatto mag‘lubiyat ham jamoaga foyda keltirishi mumkin.
"Men uchun g‘alaba muhim, chunki biz o‘z vatanimiz sha’ni uchun maydonga tushamiz. Ammo futbol sifati ham bundan kam ahamiyatga ega emas: intizom, xarakter, har bir to‘p uchun kurash va o‘z harakatlariga bo‘lgan ishonch. Raqibdan cho‘chimaydigan va so‘nggi daqiqagacha natija uchun kurashadigan jamoani ko‘rishni istardim", — deya ta’kidladi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari 12-noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ikki jamoa 2022-yil 20-noyabrda ham shu stadionda to‘qnash kelgan. O‘shanda bahs 0:0 hisobida yakunlangan edi.
Abduqahhor Hojiakbarov — O‘zbekiston Oliy ligasining ikki karra chempioni va mamlakat Kubogi sohibi. U "OKMK", "Bunyodkor" klublari hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida to‘p surgan.