Davlat shifoxonalarida ayrim xizmatlar xususiy sektorga berilishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po razvitiyu meditsinskoy infrastrukturi
Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po razvitiyu meditsinskoy infrastrukturi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
Davlat shifoxonalarida ayrim xizmatlarni xususiy kompaniyalardan xarid qilish va tibbiy tarmoqni yangilash rejasi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani yangilash va sog‘liqni saqlashda xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shifoxonalarga gemodializ, laboratoriya diagnostikasi, tashxislash va uskunalarga texnik xizmatni xususiy kompaniyalardan xarid qilish taklif etildi.
Bunda kompaniya uskunani o‘z hisobidan keltirib, ishlatadi va yangilaydi, shifoxona esa xizmatni xarid qiladi.
Shartnomalar muddatini bir yildan besh yilgacha uzaytirish, elektron tender tizimini joriy etish va ayrim muassasalarni professional kompaniyalar boshqaruviga berish ko‘rib chiqildi.
2026–2036 yillarga mo‘ljallangan hududiy bosh rejalar ham muhokama qilindi. Ular aholi soni, tibbiy ehtiyoj, muassasalar quvvati va ularga yetib borish vaqtiga qarab qaysi obyektni saqlash, birlashtirish yoki rekonstruksiya qilish, qayerda yangisini qurish, qancha uskuna va mutaxassis kerakligini belgilaydi.
O‘nta viloyatdagi xatlovda 3 ming 499 ta tibbiyot obyekti aniqlandi — bu Kadastr agentligi ma’lumotlaridan 494 ta ko‘p. Obyektlarga elektron pasport berish va yagona raqamli reyestr yaratish taklif qilindi.
Murakkab tibbiy xizmatlar tayanch markazlarda jamlanib, tumanlarda asosiy va shoshilinch yordam saqlanadi. Samarqandda aholining 80 foizi tumanlarda yashasa-da, shifo o‘rinlarining 41,7 foizi shu yerlarga to‘g‘ri keladi. Bu ulushni 67 foizga yetkazish, Urgut, Kattaqo‘rg‘on va Pastdarg‘omda 2030-yilgacha 1,5 ming yangi shifo o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Poliklinika va shifoxonalarni loyihalashda bemorlar harakatini qulay tashkil etish, infeksion nazorat, inklyuziv muhit va xonalarni jihozlash bo‘yicha yagona talablar joriy etish taklif qilindi.
Shuningdek, xalqaro klinik protokollarni milliy sharoitga moslashtirish va davolash natijalarini muntazam baholash ko‘zda tutilmoqda.
Prezident takliflarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s rabotnikami meditsinskoy i farmatsevticheskoy sfer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Prezident tibbiyot sohasida islohotlar va yangi imtiyozlarni e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0