Prezident tibbiyot sohasida islohotlar va yangi imtiyozlarni e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezident uchrashuvda sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish, tibbiy ta’limni zamonaviy talablarga moslashtirish hamda rahbarlar mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda sohaga oid yangilanishlar, islohotlar va yangi imtiyozlar haqida so‘z yuritdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda tibbiyot sohasiga 230 trillion so‘m (20 milliard dollar) yo‘naltirildi. Faqat joriy yilning o‘zida 45 trillion so‘m sarflangani, bu 2016-yilga nisbatan olti barobar ko‘p ekani qayd etildi.
Prezident tibbiy muassasalardagi uskunalardan foydalanish darajasi pastligini tanqid qildi — ayrim joylarda ularning imkoniyatidan faqat 25% foydalanilayotgani ta’kidlandi.
Endilikda har bir tuman va viloyat tibbiyot rahbarlari hamda markaz direktorlari aniq reja asosida ish olib boradi. Ular aholi salomatligi, kasalliklar dinamikasi va xizmat sifati uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlarida pediatriya va davolash yo‘nalishlarini qamrab olgan umumiy tibbiyot fakultetlari ochiladi. Rezidenturada o‘qigan talabalar bepul ta’lim bilan birga ish haqi ham oladi. Bitiruvchilar 150 foiz ustama bilan ish boshlaydi.
Shuningdek, tibbiy ta’lim sifatini baholashning uch bosqichli tizimi joriy etiladi: bakalavrda fan bilimini, rezidenturada mutaxassislikni va davlat ro‘yxati orqali amaliyot huquqini baholaydigan tartib yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzurida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi. U AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlikda oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlaydi.
2025 yildan barcha tibbiyot oliygohlarida “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi ochiladi, kvotalar ikki barobar oshiriladi. Oliy ma’lumotli hamshiralar maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Hozirda mamlakatda xususiy tibbiyot muassasalari soni 9 mingdan oshgan, ularda 57 ming shifo o‘rni mavjud. Prezident bu sohada davlat-xususiy sheriklikni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
2025 yildan tibbiy uskunalar, jihozlar va tez yordam mashinalarini olib kirish bo‘yicha imtiyozlar 3-yilga uzaytiladi.
Tadbirkorlarga klinika qurish va jihozlash uchun 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi — kreditlar 7-yil muddatga, 3-yillik imtiyozli davr bilan, 17% stavkada beriladi.
Prezident tibbiyot xodimlari uchun bir qator rag‘batlantirish choralarini e’lon qildi:
Har yili Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridagi pul mukofoti beriladi.
Tuman darajasida yangi davolash usulini joriy etgan shifokorlar 21 million so‘m miqdorida bir martalik mukofot oladi.
15 yildan ortiq ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun qator imtiyozlar belgilandi:
respublika sanatoriylariga yiliga bir marta bepul yo‘llanma beriladi;
farzandi davlat OTMda kontrakt to‘lovning 30 foizi davlat tomonidan qoplanadi.
respublika sanatoriylariga yiliga bir marta bepul yo‘llanma beriladi;
farzandi davlat OTMda kontrakt to‘lovning 30 foizi davlat tomonidan qoplanadi.
500 nafar faol tibbiyot xodimi uy-joy xarid qilishda ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi to‘lab beriladi.
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3-yil ish stajiga ega xodimlarga yuqori texnologik tibbiy yordam yiliga bir marta bepul ko‘rsatiladi.
Xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etgan mutaxassislarning barcha nashr xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Tibbiyot xodimlari uchun davlat xizmatlariga to‘lovlar ikki barobarga kamaytiriladi.
2026 yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarida oylik saqlangan holda ish haftasi besh kunlikka o‘tkaziladi.
