https://oz.sputniknews.uz/20261027/shifokor-imtiyoz-tolov-ustama-61529301.html
Shifokorlarga ipoteka bo‘yicha imtiyoz, 50 mln so‘m rag‘bat puli va yangi ustamalar beriladi
Shifokorlarga ipoteka bo‘yicha imtiyoz, 50 mln so‘m rag‘bat puli va yangi ustamalar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident tibbiyot xodimlariga 7 mln va 3,5 mln so‘m ustama, bepul rezidentura hamda 3 mln so‘m stipendiya joriy etilishini ma’lum qildi. Malaka oshirish xarajatlarini davlat qoplaydi.
2026-10-27T13:35+0500
2026-10-27T13:35+0500
2026-10-27T13:35+0500
shavkat mirziyoyev
tibbiyot muassasi
shifokor
jamiyat
o‘zbekiston
hamshira
ustama
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61529010_0:234:2561:1674_1920x0_80_0_0_a76cd1748427861bfaccc727310fb762.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tgan shifokor va farmatsevtlarning oylik maoshiga 7 mln so‘mdan, hamshiralarga esa 3,5 mln so‘mdan ustama to‘lanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Dastlab ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy bo‘ladi, 2030-yildan esa majburiy tartibga o‘tiladi.Tibbiyot xodimlari uchun boshqa ustamalar ham belgilanmoqda:Shuningdek, tibbiyot oliygohlari talabalari haftada uch kun bemorlar bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilini to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyotda o‘tkazadi.Birlamchi bo‘g‘in va tumanlardagi tibbiyot xodimlarining malaka oshirish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Xodimlar qayerda o‘qishni mustaqil tanlaydi.Prezidentning ta’kidlashicha, bu orqali tumanlarda ishlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining yiliga jami 100 mlrd so‘m mablag‘i tejaladi.Tibbiyot tizimida kamida 15-yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun 50 mlrd so‘m ajratildi. Kelasi yil bu imkoniyatdan 1 ming nafar tibbiyot xodimi foydalanadi.2027 yildan olis hududlarda ishlaydigan shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mga oshiriladi. Bunday hududlarga ishga kirgan shifokorlarga 50 mln so‘m bir martalik rag‘bat puli to‘lanadi.Xorijiy klinikalarda tajriba orttirgan vatandosh shifokorlar O‘zbekiston shifoxonalariga jalb etiladi. Ularning oylik maoshiga 50 million so‘mgacha ustama to‘lanadi.Bunday mutaxassislar zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanadi, o‘z jamoasiga shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlay oladi. Xalqaro konferensiyalarda qatnashish va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.Dastur dastlab 26 ta ixtisoslashgan markazda joriy etiladi. Har bir markaz 2027-yilda 5–10 nafardan vatandosh shifokorni jalb qiladi.2027 yildan shifoxona va poliklinikalar faoliyatini aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.Shifokor va hamshiralarning oylik maoshi KPI ko‘rsatkichlariga bog‘lanadi. Bunda bemorlarning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezonlardan biri emas, balki asosiy mezon etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20261027/shifoxonalar-xizmatlar-xususiy-sektor-61519492.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61529010_0:0:2273:1705_1920x0_80_0_0_85824a0b9bad88d8fe604c7087a07e3f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, tibbiyot muassasi, shifokor, jamiyat, o‘zbekiston, hamshira, ustama
shavkat mirziyoyev, tibbiyot muassasi, shifokor, jamiyat, o‘zbekiston, hamshira, ustama
Shifokorlarga ipoteka bo‘yicha imtiyoz, 50 mln so‘m rag‘bat puli va yangi ustamalar beriladi
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan shifokorlarga 7 million so‘m, hamshiralarga 3,5 million so‘m ustama beriladi. Shifokorlar maoshi bemorlar bahosiga bog‘lanadi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tgan shifokor va farmatsevtlarning oylik maoshiga 7 mln so‘mdan, hamshiralarga esa 3,5 mln so‘mdan ustama to‘lanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda
ma’lum qildi.
Dastlab ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy bo‘ladi, 2030-yildan esa majburiy tartibga o‘tiladi.
Tibbiyot xodimlari uchun boshqa ustamalar ham belgilanmoqda:
bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot og‘alariga — 1,5 mln so‘m;
magistraturani tugatganlarga — 2,5 mln so‘m;
oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassislariga — 5,5 mln so‘m.
2027 yildan tor soha mutaxassislarini tayyorlaydigan rezidenturada o‘qish bepul bo‘ladi. Talabalarga 3 mln so‘m stipendiya to‘lanadi. Ta’lim yo‘nalishiga qarab ikki yildan besh yilgacha davom etadi.
Shuningdek, tibbiyot oliygohlari talabalari haftada uch kun bemorlar bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilini to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyotda o‘tkazadi.
Birlamchi bo‘g‘in va tumanlardagi tibbiyot xodimlarining malaka oshirish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Xodimlar qayerda o‘qishni mustaqil tanlaydi.
Prezidentning ta’kidlashicha, bu orqali tumanlarda ishlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining yiliga jami 100 mlrd so‘m mablag‘i tejaladi.
Tibbiyot tizimida kamida 15-yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun 50 mlrd so‘m ajratildi. Kelasi yil bu imkoniyatdan 1 ming nafar tibbiyot xodimi foydalanadi.
Yosh mutaxassislar uchun ham imtiyoz joriy etiladi. Har yili 500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
2027 yildan olis hududlarda ishlaydigan shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mga oshiriladi. Bunday hududlarga ishga kirgan shifokorlarga 50 mln so‘m bir martalik rag‘bat puli to‘lanadi.
Xorijiy klinikalarda tajriba orttirgan vatandosh shifokorlar O‘zbekiston shifoxonalariga jalb etiladi. Ularning oylik maoshiga 50 million so‘mgacha ustama to‘lanadi.
Bunday mutaxassislar zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanadi, o‘z jamoasiga shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlay oladi. Xalqaro konferensiyalarda qatnashish va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.
Dastur dastlab 26 ta ixtisoslashgan markazda joriy etiladi. Har bir markaz 2027-yilda 5–10 nafardan vatandosh shifokorni jalb qiladi.
2027 yildan shifoxona va poliklinikalar faoliyatini aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.
Shifokor va hamshiralarning oylik maoshi KPI ko‘rsatkichlariga bog‘lanadi. Bunda bemorlarning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezonlardan biri emas, balki asosiy mezon etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.