https://oz.sputniknews.uz/20261022/ukraine-mojaro-yakun-61392187.html
Ukrainadagi mojaro yakunlanish sari ketmoqda — Ushakov
Ukrainadagi mojaro yakunlanish sari ketmoqda — Ushakov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Ukrainadagi mojaro yakunlanish sari ketayotganini bildirdi. AQSh vakillari ham muzokaralarda umidbaxsh siljish borligini qayd etdi. Uch tomonlama muzokaralar noyabrda tiklanishi mumkin.
2026-10-22T09:22+0500
2026-10-22T09:22+0500
2026-10-22T09:32+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
stiv uitkoff
vladimir putin
yuriy ushakov
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61392009_0:0:3104:1747_1920x0_80_0_0_75e06739af3d9544a9453b0645ecf2a6.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning Sankt-Peterburgdagi uchrashuvidan keyin tinchlik muzokaralari istiqbolini baholadi.Uning fikricha, Yevropada ham ushbu inqirozni hal qilish masalasiga jiddiyroq yondashila boshlagan.AQSh prezidenti Donald Tramp ham tinchlik muzokaralari istiqboliga ijobiy baho berdi.Donald Trampning kuyovi va muzokaralar ishtirokchisi Jared Kushner X ijtimoiy tarmog‘ida so‘nggi kunlarda "umidbaxsh siljish"ga erishilganini bildirdi.Kushner ushbu natijalar uchun AQSh prezidenti Donald Trampga, shuningdek, ukrainalik, yevropalik va rossiyalik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.Uitkoff ham Putin bilan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan muzokaralarni konstruktiv deb atadi. U Rossiya prezidentiga Osloda Vladimir Zelenskiy va Yevropa vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalarini yetkazdi. Tomonlar tinchlik kelishuvining asosiy shartlarini muhokama qildi.Amerikalik maxsus vakil Rossiya tomoniga AQSh fuqarosi Stiven Xabbard ozod qilingani uchun ham minnatdorlik bildirdi.Ushakovning ma’lum qilishicha, Putin Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarni noyabrning o‘rtalarida qayta boshlashga tayyorligini bildirgan. Ularning asosiy mavzusi mojaro tugagach, Rossiya va Ukraina uchun xavfsizlik tizimini barpo etish bo‘ladi.Uitkoff bu taklif Donald Tramp tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinishini bildirgan. AQSh vakili muzokaralar texnik darajada uch tomonlama formatda davom ettirilishini ham ma’lum qildi.Ushakov avvalgi muzokaralarni qayta tiklash rejasi Davlat dumasiga saylovlar kunida Rossiya hududiga berilgan Ukraina zarbalari tufayli barbod bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat amerikaliklardan olingan signallarni hisobga olgan holda qayta tahlil qilingan.Ushakovga ko‘ra, bunday uchrashuvni tashkil etish uchun barcha rahbarlarning roziligi, puxta ekspertlik tayyorgarligi va qulay sharoit zarur. Rossiya tomoni ehtimoliy muzokaralar mazmuni bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.Putin va Uitkoffning qariyb uch soat davom etgan uchrashuvi Rossiya prezidentining AQSh vakillari bilan to‘qqizinchi muloqoti bo‘ldi. Kushner unda videaloqa orqali ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261013/putin-tramp-61141546.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/16/61392009_331:0:3060:2047_1920x0_80_0_0_8b48852f41d7b8c549ac6f97cec2c9d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
stiv uitkoff, vladimir putin, yuriy ushakov, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, donald tramp
stiv uitkoff, vladimir putin, yuriy ushakov, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, donald tramp
Ukrainadagi mojaro yakunlanish sari ketmoqda — Ushakov
09:22 22.10.2026 (yangilandi: 09:32 22.10.2026) Ukrainadagi mojaro yakunlanish sari ketmoqda, dedi Ushakov. Tramp ham tomonlar uzoq vaqtdan beri ilk bor kelishuvga yaqinlashganini bildirdi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning Sankt-Peterburgdagi uchrashuvidan keyin tinchlik muzokaralari istiqbolini baholadi.
"Biz qanchalik yaqinlashayotganimizni bilmayman, lekin ish shunga qarab ketmoqda", — dedi Ushakov "Vesti" axborot xizmatiga Ukrainadagi mojaroni tugatish haqidagi savolga javoban.
Uning fikricha, Yevropada ham ushbu inqirozni hal qilish masalasiga jiddiyroq yondashila boshlagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp ham tinchlik muzokaralari istiqboliga ijobiy baho berdi.
"Biz, ehtimol, uzoq vaqtdan beri birinchi marta kelishuvga yaqinmiz", — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga Ukrainadagi mojaroni hal qilish istiqbollari haqidagi savolga javoban.
Donald Trampning kuyovi va muzokaralar ishtirokchisi Jared Kushner X ijtimoiy tarmog‘ida so‘nggi kunlarda "umidbaxsh siljish"ga erishilganini bildirdi.
"Oldinda hali ko‘p mashaqqatli ishlar turibdi, ammo bizda bu urushni ortda qoldirish hamda kelajak avlodlarning mustahkam tinchligi, xavfsizligi va farovonligi uchun zamin yaratish borasida haqiqiy imkoniyat bor", — deb yozdi u.
Kushner ushbu natijalar uchun AQSh prezidenti Donald Trampga, shuningdek, ukrainalik, yevropalik va rossiyalik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.
Uitkoff ham Putin bilan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan muzokaralarni konstruktiv deb atadi. U Rossiya prezidentiga Osloda Vladimir Zelenskiy va Yevropa vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalarini yetkazdi. Tomonlar tinchlik kelishuvining asosiy shartlarini muhokama qildi.
Amerikalik maxsus vakil Rossiya tomoniga AQSh fuqarosi Stiven Xabbard ozod qilingani uchun ham minnatdorlik bildirdi.
Ushakovning ma’lum qilishicha, Putin Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarni noyabrning o‘rtalarida qayta boshlashga tayyorligini bildirgan. Ularning asosiy mavzusi mojaro tugagach, Rossiya va Ukraina uchun xavfsizlik tizimini barpo etish bo‘ladi.
Uitkoff bu taklif Donald Tramp tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinishini bildirgan. AQSh vakili muzokaralar texnik darajada uch tomonlama formatda davom ettirilishini ham ma’lum qildi.
Ushakov avvalgi muzokaralarni qayta tiklash rejasi Davlat dumasiga saylovlar kunida Rossiya hududiga berilgan Ukraina zarbalari tufayli barbod bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat amerikaliklardan olingan signallarni hisobga olgan holda qayta tahlil qilingan.
Shuningdek, Putin, Tramp va Xitoy raisi Si Szinpinning noyabrda Shenchjenda o‘tadigan Osiyo–Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida uchrashishi ehtimoli ham muhokama qilingan.
Ushakovga ko‘ra, bunday uchrashuvni tashkil etish uchun barcha rahbarlarning roziligi, puxta ekspertlik tayyorgarligi va qulay sharoit zarur. Rossiya tomoni ehtimoliy muzokaralar mazmuni bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.
Putin va Uitkoffning qariyb uch soat davom etgan uchrashuvi Rossiya prezidentining AQSh vakillari bilan to‘qqizinchi muloqoti bo‘ldi. Kushner unda videaloqa orqali ishtirok etdi.