https://oz.sputniknews.uz/20261027/putin-eu-russia-gaz-61540165.html
"Birovga choh qazima, o‘zing tushasan": Putin YeIning Rossiya gazidan voz kechishi haqida
"Birovga choh qazima, o‘zing tushasan": Putin YeIning Rossiya gazidan voz kechishi haqida
Sputnik O‘zbekiston
Putin Moskvadagi gaz eksportchilari sammitida Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish siyosatini tanqid qildi. U jahonda gazga talab 5,5 trln kub metrga yetishi mumkinligini aytib, bozorni barqarorlashtirish choralarini taklif etdi.
2026-10-27T18:12+0500
2026-10-27T18:12+0500
2026-10-27T18:12+0500
vladimir putin
gaz
yevropa ittifoqi
dunyo yangiliklari
energetika
rossiya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61539882_1:123:1845:1160_1920x0_80_0_0_b1c9d5586b134e750dc3e7250558457b.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish siyosati yevropalik iste’molchilar va sanoatga zarar yetkazmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumining sakkizinchi sammitidagi nutqida ta’kidladi.Uning ta’kidlashicha, Rossiya gazini xarid qilishga qo‘yilgan cheklovlar va uzoq muddatli shartnomalarning bekor qilinishi Yevropa korxonalari hamda xonadonlari xarajatlarini oshirmoqda.Putin Yaqin Sharqdagi keskinlik, gaz quvurlariga hujumlar va texnologik cheklovlar jahon gaz bozorida yetkazib berish zanjirlarini izdan chiqarganini bildirdi. Shu sharoitda u forum doirasida inqirozli vaziyatlar yuzasidan maslahatlashuvlarni kengaytirish va gaz yetkazib berish yo‘nalishlarini muvofiqlashtirishni taklif qildi.Rossiya prezidenti gazga jahon talabi o‘sishda davom etishini ta’kidladi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda iste’mol 4,2 trillion kub metrni tashkil etgan. Asr o‘rtasiga kelib bu ko‘rsatkich 5,5 trillion, xalqaro gaz savdosi esa 1,7 trillion kub metrga yetishi kutilmoqda.Shu bois yangi konlar, gazni qayta ishlash va suyultirilgan tabiiy gaz infratuzilmasiga sarmoya kiritish zarur, dedi Putin. Shuningdek, Putin Arktikadagi loyihalarda Xitoy bilan hamkorlik qilinayotgani va AQSh kompaniyalari bilan ham ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.Forum ishtirokchilariga jahon gaz zaxiralarining qariyb 70 foizi, global eksportning esa 40 foizga yaqini to‘g‘ri keladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261018/nyt-aqsh-evropaga-61297325.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61539882_326:9:1861:1160_1920x0_80_0_0_28e03513d77d8cdea9d61e4e30f36c3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, gaz, yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, energetika, rossiya, dunyoda
vladimir putin, gaz, yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, energetika, rossiya, dunyoda
"Birovga choh qazima, o‘zing tushasan": Putin YeIning Rossiya gazidan voz kechishi haqida
Putin Yevropa Rossiya gazidan voz kechib, o‘zi zarar ko‘rayotganini aytdi. U gaz bozoridagi inqirozga qarshi choralar taklif qildi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish siyosati yevropalik iste’molchilar va sanoatga zarar yetkazmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumining sakkizinchi sammitidagi nutqida
ta’kidladi.
“Rossiyada shunday maqol bor: birovga choh qazima, o‘zing tushasan. Menimcha, bugun Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida aynan shu narsa sodir bo‘ldi”, — dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya gazini xarid qilishga qo‘yilgan cheklovlar va uzoq muddatli shartnomalarning bekor qilinishi Yevropa korxonalari hamda xonadonlari xarajatlarini oshirmoqda.
Putin Yaqin Sharqdagi keskinlik, gaz quvurlariga hujumlar va texnologik cheklovlar jahon gaz bozorida yetkazib berish zanjirlarini izdan chiqarganini bildirdi. Shu sharoitda u forum doirasida inqirozli vaziyatlar yuzasidan maslahatlashuvlarni kengaytirish va gaz yetkazib berish yo‘nalishlarini muvofiqlashtirishni taklif qildi.
Rossiya prezidenti gazga jahon talabi o‘sishda davom etishini ta’kidladi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda iste’mol 4,2 trillion kub metrni tashkil etgan. Asr o‘rtasiga kelib bu ko‘rsatkich 5,5 trillion, xalqaro gaz savdosi esa 1,7 trillion kub metrga yetishi kutilmoqda.
Shu bois yangi konlar, gazni qayta ishlash va suyultirilgan tabiiy gaz infratuzilmasiga sarmoya kiritish zarur, dedi Putin.
Rossiya yetakchisi investitsiyalarni uzoq muddatli shartnomalarga asoslash va eksportchi davlatlar o‘rtasida texnologiyalar almashinuvini kuchaytirish tarafdori ekanini bildirdi.
Shuningdek, Putin Arktikadagi loyihalarda Xitoy bilan hamkorlik qilinayotgani va AQSh kompaniyalari bilan ham ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Forum ishtirokchilariga jahon gaz zaxiralarining qariyb 70 foizi, global eksportning esa 40 foizga yaqini to‘g‘ri keladi.