145 medal va uchinchi o‘rin: Mirziyoyev Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini tabrikladi

© Ministerstvo sportaMirziyoyev pozdravil pobediteley i prizerov Paraaziatskix igr
Mirziyoyev pozdravil pobediteley i prizerov Paraaziatskix igr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Paraosiyo o‘yinlarida uchinchi o‘rinni egallagan sportchilarni tabrikladi. O‘zbekiston 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza oldi.
TOShKENT, 25-oktabr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada bo‘lib o‘tgan V yozgi Paraosiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasini tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston sportchilari 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medalni qo‘lga kiritib, 45 davlat orasida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Terma jamoa faqat Xitoy va Yaponiyadan keyingi o‘rinni band etdi.
Davlat rahbari tabrigida o‘zbekistonlik parasportchilar Hindiston, Janubiy Koreya, Eron, Tailand va Indoneziya kabi davlatlar jamoalarini ortda qoldirgani alohida ta’kidlandi.
Musobaqada Osiyoning 45 davlatidan 2600 nafardan ziyod parasportchi qatnashdi.
O‘zbekistonlik sportchilar bir qator rekordlarni ham yangiladi. Pauerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva jahon rekordini, yana sakkiz nafar sportchi turli yo‘nalishlarda Osiyo rekordlarini o‘rnatdi. Bundan tashqari, para velosport, pauerlifting va para yengil atletika bo‘yicha 16 nafar vakilimiz Paraosiyo o‘yinlari rekordlarini yangiladi.
Paraosiyo o‘yinlarida ilk bor ishtirok etgan Yegor Bolotov para suzish bo‘yicha 4 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
15 yoshli Boburbek Toshtemirov para velosportning trek bahslarida O‘zbekistonga ushbu yo‘nalishdagi ilk Paraosiyo oltin medalini keltirdi va eng yosh chempion sifatida tarixga kirdi.
Prezident O‘zbekiston qo‘lga kiritgan oltin medallarning qariyb yarmi qizlar hissasiga to‘g‘ri kelganiga ham e’tibor qaratdi.
Mirziyoyev ushbu natijalar 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonch bildirdi.
Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.
Taxmina Ikramova zavoyevala zoloto Aziatskix igr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
Aichi–Nagoya: O‘zbekiston medallari, 48-yilda ilk bor oltinsiz natija, 9-yilda ilk mag‘lubiyat
Yangiliklar lentasi
0