Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK Doha forumida YeOII investitsiyalari va biznesni qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etdi

© Press-slujba YeEK Ministr po ekonomike i finansovoy politike YeEK Baxit Sultanov na Vsemirnom investforume
Ministr po ekonomike i finansovoy politike YeEK Baxit Sultanov na Vsemirnom investforume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
Ular biznes xarajatlarini kamaytirish va ittifoq mamlakatlari o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari jami hajmi 2025-yil o‘rtalarida 23,4 milliard dollarga yetdi. Bu 2016-yilga nisbatan 42 foizga ko‘p, deb xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK).
Ma’lumotlarni YeIKning iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan Jahon investitsiya forumida ma’lum qildi.
Sultanov YeOIIda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini taqdim etdi. Ushbu mexanizm biznes xarajatlarini kamaytirish va ittifoq mamlakatlari o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, investitsiyalar yangi ish o‘rinlari yaratish, texnologiyalar transferi va mahalliy korxonalarni ishlab chiqarish zanjirlariga jalb etishga xizmat qilishi kerak.
Forumda turizm sohasidagi hamkorlik ham muhokama qilindi. YeOIIning 2024-yilda ishlab chiqilgan qo‘shma sayyohlik xaritalari 419 ta obyekt va 38 ta yo‘nalishni qamrab oladi.
2026 yil oxirigacha ittifoq saytida sayyohlik yo‘nalishlari, obyektlar va tadbirlar haqidagi yagona axborot resursi joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Sultanov BMT Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi shayxa Nosir al-Nuvays bilan ham uchrashdi. Tomonlar qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari, xizmatlar sifati va raqamli yechimlar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi o‘sdi — Qirg‘iziston yetakchi
Yangiliklar lentasi
0