Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi o‘sdi — Qirg‘iziston yetakchi

© YeEK Flagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi sakkiz oyda 0,3 foizga oshdi. Eng yuqori o‘sish Qirg‘iziston va Armanistonda qayd etildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarida sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 foizga oshdi. Bu Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) taqdim etgan statistik ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldi.
Ittifoq mamlakatlari orasida eng yuqori o‘sish Qirg‘izistonda qayd etildi — 8,8 foiz. Ikkinchi o‘rinni 7,4 foizlik o‘sish bilan Armaniston egalladi.
Qozog‘istonda sanoat ishlab chiqarishi 2,8 foizga, Belarusda esa 0,2 foizga ko‘paydi.
Ittifoq sanoatida eng katta ulushga ega Rossiyada mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvar–avgust oylari darajasida saqlanib qoldi.
Shu bilan birga, YeOIIning qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish hajmi 0,8 foizga oshdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Shavkat Mirziyoyev prinyal predsedatelya Kollegii YeEK Bakitjana Sagintayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOIIning MDHdagi asosiy savdo hamkoriga aylandi — ulushi 66 foiz
Yangiliklar lentasi
0